TOShKENT, 28-may — Sputnik. Hindistonning Uttar-Pradesh shtatida bir nechta maymun COVID-19’ga gumon qilingan bemorlarning qon namunalarini olib ketayotgan laborantga hujum qildi.
Maymunlar uch dona test namunalarini olib, qochib ketishdi. Bu haqda India Today gazetasi xabar qildi.
Hodisa juma kuni Meyeruta tibbiyot kollejida yuz berdi.
Can you believe this ? Monkeys snatch three corona test samples from a lab technician in meerut. You can see him atop this tree chewing surgical gloves and testing kit. Locals fear spread of infection, reports Amir Haque. #Meerut #COVID19 pic.twitter.com/aAGbmGL4ne
— Megha Prasad (@MeghaSPrasad) May 29, 2020
Shifokorlar, agar namunalarda koronavirus bo‘lsa, u maymunlarga yuqishi mumkin, deb qo‘rqishmoqda. Shifokorlar, ilgari maymunlar ushbu markazdan turli narsalarni o‘g‘irlashganini ta’kidlashdi.
Hindiston ommaviy axborot vositalarida paydo bo‘lgan videoda maymunlardan biri o‘g‘irlangan namuna to‘plamini chaynayotgani aks etgan.
Shtat politsiyasi maymunlarning COVID-19 bemor qon namunalarini o‘g‘irlaganligini va o‘rmon bo‘limiga xabar bergandan keyin ham maymunlar qo‘lga olinmaganligini tasdiqladi.
Hukumat hodisa yuzasidan tekshiruv boshladi.