Qanday eng noodatiy bayram haqida bilasiz? Masalan, ayrim davlatlarda 30-mayda bustgaltersiz kun nishonlanadi. Ayrim davlatlarda bu kun 9-iyul yoki 13-oktabrga to‘g‘ri keladi.
Ko‘pchilik odamlar bayram feministkalar aloqador degan fikrda, biroq shifokorlar shu kunda ayollarga yana bir bor ularning sog‘lig‘i haqida eslatishadi.
Hammasi 1960 va 1970-yillarda boshlangan - erkinlikni xush ko‘radigan ayollar tomonidan "bustgalter - ayollarga jabr qilishning timsoli” deb talqin qilinib, uni taqmaslikka da’vat qilingan.
Biroq ayollar professional darajada rivojlanib, biznes olamiga kira boshlaganda hamma narsa o‘zgardi. Bustgalter – ishda norasmiy talab bo‘lib qoldi. Shuningdek, hatto brafitter yoki ichki kiyimni tanlash bo‘yicha mutaxassis degan kasblar ham paydo bo‘ldi.
Dastlab, bu bayramning ommaviyligi kuchli emas edi. Shunga qaramay, ayni vaqtda yulduzlar, dizaynerlar va boshqa taniqli shaxslar ushbu pozitsiyani qo‘llab-quvvatlamoqda.