TOShKENT, 27-may — Sputnik. Hindistonning Kerala shtatida istiqomat qiluvchi erkak rafiqasini ilon yordamida o‘ldirdi. Bu haqda India Today xabar qildi.
27 yoshli Suraj ismli erkak ikki marta rafiqasining joniga qasd qilishga harakat qildi.
Birinchi marta - 2-mart kuni u yotoqxonasiga zaharli ilonni qo‘yib yuborgandi. Ilon chaqishi oqibatida ayol sal kam ikki oy shifoxonada davolandi.
Keyinchalik shifoxonadan chiqqan ayol ota-onasining uyiga olib kelindi.
7 may kuni Suraj uning xonasida qolib, uxlab yotgan xotinining oldiga kobrani qo‘yib yubordi. Bu safar ayol omon qolmadi.
Ko‘p o‘tmay, erkak o‘z xotinining mulkiga egalik qilishga harakat qiladi va marhumaning ota-onasi bu tergov uchun sabab deb hisobladilar.
Fojia oldidan Suraj zaharli ilonlar egalariga qo‘ng‘iroq qilgani, shuningdek, internet orqali ilonlarning hatti-harakatini o‘rganib chiqqani ma’lum bo‘ldi.
Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, Suraj ajrashgan taqdirda mulksiz qolishdan qo‘rqqan.