Prezident 500 dan ziyod bozorlarni xususiylashtirish bo‘yicha topshiriq berdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s proyektami po turizmu i privatizatsii gosudarstvennix aktivov.
Prezident Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s proyektami po turizmu i privatizatsii gosudarstvennix aktivov. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Samarasiz ishlayotgan 711 ta korxonani tugatish, 262 ta korxonani qayta tashkil etish, shuningdek, 500 dan ziyod bozorlarni xususiylashtirish bo‘yicha topshiriq berildi.

TOShKENT, 28-may — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev turizm va davlat aktivlarini xususiylashtirish sohalaridagi loyihalar taqdimoti bilan tanishdi.

Gostinitsa Uzbekistan v sentre Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston
"O‘zbekiston" mehmonxonasining davlat ulushi sotildi

Davlat rahbari matbuot xizmati xabariga ko‘ra, taqdimotda davlat aktivlarini xususiylashtirish, bo‘sh turgan obyektlar va er maydonlarini aniqlash hamda ulardan samarali foydalanish, davlat ishtirokidagi korxonalarda korporativ boshqaruvni joriy etishga doir rejalar haqida ma’lumot berildi.

Prezident sohadagi ishlarni davom ettirib, yana 1400 ga yaqin davlat aktivlarini xususiy investorlarga berishni tezlashtirish zarurligini ta’kidladi. Vazirlar mahkamasiga xususiylashtirish dasturini tasdiqlash vazifasi qo‘yildi.

“Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga tarmoq rahbarlari bilan birga samarasiz ishlayotgan 711 ta korxonani tugatish, 262 ta korxonani qayta tashkil etish, shuningdek, 500 dan ziyod bozorlarni xususiylashtirish bo‘yicha topshiriq berildi”, - deyilgan xabarda.

Mirziyoyev davlat ixtiyorida saqlab qolinadigan korxonalarni boshqarish va isloh qilish bo‘yicha yangi tizim joriy etish muhimligini qayd etdi.

Yangiliklar lentasi
0