Mashhur pediatr bolalarga niqob taqish nima uchun xavfli ekanini tushuntirib berdi

© Foto : Facebook / Andrey ProdeusPediatr, immunolog-allergolog, sovedushiy programmi "Jit Zdorovo" Andrey Prodeus
Pediatr, immunolog-allergolog, sovedushiy programmi Jit Zdorovo  Andrey Prodeus  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yaponiya pediatrlari uyushmasi ota-onalarni koronavirus infeksiyasining tarqalishiga qaramay, ikki yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun niqob kiyish xavfli ekanligi haqida ogohlantirdi.

TOShKENT, 28-may - Sputnik. Pediatr, immunolog-allergolog, "Jit zdorovo" dasturining boshlovchilaridan biri, professor, meditsina fanlari doktori Andrey Prodeus yosh bolalarga himoya niqoblarini taqish qanchalik maqsadga muvofiq ekanligi haqida gapirdi.

Yaponiya pediatrlari uyushmasi ota-onalarni koronavirus infeksiyasining tarqalishiga qaramay, ikki yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun niqob kiyish xavfli ekanligi haqida ogohlantirdi.

Mashhur pediatr Andrey Prodeus so‘zlariga ko‘ra, bu fikr nafaqat yapon mutaxassislari, balki butun dunyo pediatrlari tomonidan ham qo‘llab-quvvatlanmoqda.

V Tashkente stali chashe shtrafovat za otsutstvie masok - Sputnik O‘zbekiston
Niqob qani? Poytaxtda qoidabuzarlar ko‘paydi

Gap shundaki, niqob taqish nafas olish muammolariga olib kelishi mumkin. Hatto kattalar ham bu kabi muammolarni boshidan kechirishadi, bolalarni esa gapirmasa ham bo‘ladi, deydi mutaxassis.

"Shunga ko‘ra, bu tavsiya juda oqilona. Bolalarda virusga sezuvchanlik kamroq, chunki koronavirus ilashadigan va ko‘prik orqali o‘tib hujayralarga kirib boradigan retseptorlar bolada kattalarga qaraganda kamroq bo‘ladi, ayniqsa bu retseptorlar gipertoniya, oshiqcha vazn bilan og‘rigan keksa odamlarda ko‘p bo‘ladi", - dedi pediatr Sputnik radiosiga.

Shu bilan birga Prodeus, niqob odamni virusdan himoya qilishiga shubha qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, hammasi aksincha - shaxsiy himoya vositalarini aynan kasallik tashuvchisi taqishi kerak.

Bunday holda, niqob taqish atrofdagi odamlarni himoya qilishga yordam beradi, deb hisoblaydi mutahassis.

Agar 5 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan yoshi kattaroq bola haqida gapiradigan bo‘lsak, u infeksiya manbai bo‘lsa, gavjum joylarda niqob taqish tavsiya etiladi.

Mutaxassisning to‘liq sharhini radiopodkastda tinglang.

Izvestniy pediatr obyasnil, pochemu malisham opasno nosit maski daje v karantin

 

Yangiliklar lentasi
0