TOShKENT, 28-may - Sputnik. Keksalar muammolari bilan Nuroniylar jamoatchilik kengashlari shug‘ullanadi. Norma.uz xabariga asosan.
Vazirlar Mahkamasining 23-may kuni qabul qilingan “Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar hamda tuman va shaharlarda nuroniylar jamoatchilik kengashlarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 326-son qaroriga ko‘ra:
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar hamda tuman va shaharlarda Nuroniylar jamoatchilik kengashlari tashkil etiladi. Keksalarni qo‘llab-quvvatlash sohasiga oid qonun hujjatlarining ijrosini ta’minlashga ko‘maklashish, muammolarni monitoring va tahlil qilish, yolg‘iz keksalar, pensionerlar, nogironlar va boshqalarga taalluqli muammolar bo‘yicha takliflar ishlab chiqish ularning asosiy vazifalari hisoblanadi;
- Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligining hududiy bo‘linmalari rahbarlari o‘rinbosarlari Nuroniylar jamoatchilik kengashlari raislari tomonidan tayinlanadi;
Vazirlar Mahkamasi qarorida, shuningdek, Nuroniylar jamoatchilik kengashlari to‘g‘risidagi namunaviy nizom tasdiqlangan. Yangi normativ-huquqiy hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 25.05.2020 yildan kuchga kirgan.