TOShKENT, 27-may — Sputnik. Uzbekistan Airways AJ ishlatishdan chiqarilgan aviatsiya texnikasini sotuvga qo‘ydi. Bu samolyot parkini yanada unifikatsiya va modernizatsiya qilish loyihasi doirasida amalga oshirilmoqda. Bu haqda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi xabar qilmoqda.
Sotuvga qo‘yilgan texnikalar orasida 1991-yilda ishlab chiqarilgan MI-8MTV-1 (narxi 1 224 904 dollar) va 1992-yilda ishlab chiqarilgan xuddi modeldagi (narxi 1 274 265 dollar) vertolotlar bor
Shuningdek, sotuvga aviatsiya dvigatellari qo‘yilgan.
Eslatib o‘tamiz, prezident huzurida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda Uzbekistan Airways kompaniyasini nufuzli xorijiy kompaniya boshqaruviga berish masalasi ko‘rib chiqilgan edi.