Tojik-qirg‘iz chegarasida yana otishma: Tojikiston fuqarosi yarador bo‘ldi

© Foto / press-slujba GPS KRPogranichniki na kirgizsko-tadjikskom uchastke gosudarstvennoy granisi
Pogranichniki na kirgizsko-tadjikskom uchastke gosudarstvennoy granisi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qirg‘iziston fuqarosi Tojikistonning Chorkuh qishlog‘ida istiqomat qiluvchi ayolni o‘qqa tutgani aytilmoqda. Ayol kasalxonaga yotqizilgan.

TOShKENT, 27-may — Sputnik. Bugun, 27-may kuni mahalliy vaqt bilan soat 11:55 da ilgari imzolangan bitimga xilof ravishda tojik-qirg‘iz chegarasida navbatdagi mojaro yuzaga keldi.

Tojikiston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi Chegara qo‘shinlari matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Qirg‘izistonning Ko‘ktosh qishlog‘ida istiqomat qiluvchi fuqaro Tojikistonning Chorkuh qishlog‘ida istiqomat qiluvchi fuqaroni o‘qqa tutgan. Natijada ayol o‘ng bilagidan yarador bo‘lgan va kasalxonaga olib ketilgan. Shifokorlar uning ahvolini o‘rtacha og‘ir deb baholamoqda.

Pogranichniki na slujbe - Sputnik O‘zbekiston
Tojik-qirg‘iz chegarasida otishma ro‘y berdi

Tojikiston MXDQ Qirg‘iziston fuqarosining ushbu provakatsion xatti-harakatlarini davlat chegarasidagi vaziyatni sun’iy beqarorlashtirishga urinish deb baholagan va bu Tojikiston aholisining javobiga sabab bo‘lishini mumkinligini ta’kidlagan.

Hozirgi vaqtda hodisa joyida vaziyatni normallashtirish uchun aholi o‘rtasida tushuntirish ishlarini olib bormoqda.

Qirg‘iz  tomonining ushbu hodisa yuzasidan bayonoti hozircha e’lon qilinmagan.

Eslatib o‘tamiz, 24-may kuni ham Qirg‘iziston va Tojikiston chegarasida navbatdagi qisqa otishma sodir bo‘lgani xabar qilingan edi. Bundan tashqari, 8-may kuni ham tojik-qirg‘iz chegarasida qurolli mojaro kuzatilgan. Natijada Qirg‘iziston Tojikiston elchisiga, Tojikiston esa Qirg‘iziston elchisiga protest notasini topshirgan edi.

Yangiliklar lentasi
0