Tadbirkor avtoservis qurish uchun 35 tup archa daraxtini kesib oldi

Obuna bo‘lish
Surxondaryolik tadbirkor, prezident tomonidan moratoriy kiritilishiga qaramasdan 35 tup ko‘p yillik archa daraxtlarini kesib oldi.

TOShKENT, 27-may - Sputnik. Surxondaryoda 35 tup daraxt kesgan tadbirkor 165 mln so‘m jarima to‘laydi, deb xabar qilmoqda viloyat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi. 

Xabarda aytilishiga ko‘ra, Sherobod tumani “Bog‘iobod” mahallasida yashovchi fuqaro Normo‘minov Ismoil Toshpo‘latovich O‘zbekistonda daraxt kesishga moratoriy kirtilishiga qaramasdan 35 tup archa daraxtlarini (sosna) avtoservis qurish maqsadida kesib tashlagan.

Huquqbuzar Ma’muriy javobgarlik kodeksning 79-moddasi 1-qismi bilan bazaviy hisoblash miqdorining 5 (besh) barobari 1 115 000 miqdorida ma’muriy jarimaga tortish haqida qaror qabul qilindi.

Huquqbuzarlik natijasida o‘simlik dunyosiga 164 462 500 (Bir yuz oltmish to‘rt million to‘rt yuz oltmish ikki ming besh yuz) so‘m zarar yetkazilgani aniqlandi, deyilgan xabarda.

© Komitet po Ekologii Surxandarinskoy oblastiSurxondaryoda tadbirkor avtoservis qurish uchun 35 tup archa daraxtini kesib oldi
Tadbirkor avtoservis qurish uchun 35 tup archa daraxtini kesib oldi - Sputnik O‘zbekiston
Surxondaryoda tadbirkor avtoservis qurish uchun 35 tup archa daraxtini kesib oldi
Yangiliklar lentasi
0