COVID-19 bilan kurashayotgan shifokorlarga qariyb 20 mlrd so‘m o‘z vaqtida to‘lanmadi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovNatsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum
Natsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ushbu holat bartaraf etilgan. 26-may holatiga ko‘ra, tibbiyot xodimlariga jami to‘langan to‘lovlar miqdori 142 9 mlrd so‘mni tashkil etdi.

TOShKENT, 27-may — Sputnik. Moliya vazirligi Davlat moliyaviy nazorati departamenti 32 ta tibbiyot muassasaslarida 932 nafar xodimga maxsus rag‘batlantirish pullari to‘lovi kechiktirganligini aniqlandi. Mablag‘ 19,6 mlrd so‘mni tashkil etgan.

“Bunga sabab — tibbiyot muassasalari, hududiy sog‘liqni saqlash boshqarmalari hamda sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazlari moliya organlariga xodimlar ro‘yxati va talabnomalarni o‘z vaqtida bermagan”, - deyiladi Moliya vazirligi xabarida.

Masalan, Qashqadaryo viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida 21 nafar tibbiyot xodimi ikkinchi 14 kun ish faoliyati uchun 373,6 mln so‘m rag‘batlantirish pullari o‘z vaqtida ololmagan.

Samarqand viloyat yuqumli kasalliklari klinik shifoxonasi tomonidan talabnoma yuborilgan, biroq viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi tibbiyot xodimlar ro‘yxatini tasdiqlamagan. Natijada 61 nafar tibbiyot xodimiga 1,2 mlrd so‘mni o‘z vaqtida olmagan.

Uzbekskie denejnie znaki - sum - Sputnik O‘zbekiston
COVID-19 bilan kurashayotgan 16 mingga yaqin tibbiyot xodimi mukofot puli oldi

Xorazm viloyat Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markaziga 9 ta sog‘liqni saqlash muassasasi tomonidan 6-may kuni xodimlarga rag‘batlantirish puli uchun talabnomalar berilgan bo‘lsada, viloyat SEOM tibbiyot xodimlari ro‘yxati va zarur mablag‘ 1,7 mlrd so‘m uchun talabnomalar shakllantrilmagan.

Andijon viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasi mas’ullari tomonidan boshqa tibbiyot muassasalardan jalb etilgan tibbiyot xodimlariga ishlagan kunlari uchun tabellarni taqdim etilamaganligi oqibatida 80 nafar tibbiyot xodimiga 1,7 mlrd so‘m rag‘batlantirish pullari o‘z vaqtida to‘lanmasdan qolgan.

Shu kabi poytaxtning 5 ta tibbiyot muassasi tibbiyot xodimlariga qariyb 4,8 mlrd so‘mlik rag‘batlantirish pullari o‘z vaqtida to‘lanmaganligi aniqlandi.

Nazorat tadbirlarida aniqlangan holatlar bartaraf etilib, tibbiyot xodimlariga rag‘batlantirish pullari o‘z vaqtida to‘liq to‘lanishi ta’minlandi — 932 kishiga 19,6 mlrd so‘m.

Shuningdek, nazorat tadbirlarida koronovirus bilan kasallangan va karantinga olingan fuqarolari davolashda ishtirok etmagan xodimlarni rag‘batlantirish puli ro‘yxatiga asossiz kiritish va to‘lash holatlari ham aniqlandi.

26 may holatiga ko‘ra, tibbiyot xodimlariga jami to‘langan to‘lovlar miqdori 142 9 mlrd so‘mni tashkil etdi.

Yangiliklar lentasi
0