O‘zbekiston Qozog‘istonga yana 20 dona maxsus texnika yubordi

© Xokimiyat Sirdarinskoy oblastiIz Uzbekistana v Kazaxstan otpravlena texnika
Iz Uzbekistana v Kazaxstan otpravlena texnika - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sirdaryo viloyati hokimligi tomonidan Qozog‘istonning Maqtaaral tumaniga 20 dona maxsus texnika yuborildi.

TOShKENT, 26-may — Sputnik. O‘zbekistondan Qozog‘istonning Maqtaaral tumaniga 20 dona maxsus texnika yuborildi, deb xabar qildi Sirdaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati.

© Xokimiyat Sirdarinskoy oblastiIz Uzbekistana v Kazaxstan otpravlena texnika
O‘zbekiston Qozog‘istonga yana 20 dona maxsus texnika yubordi - Sputnik O‘zbekiston
Iz Uzbekistana v Kazaxstan otpravlena texnika

Bu mashinalar suv bosgan yerlarga qayta ishlov berish uchun mo‘ljallangan.

© Xokimiyat Sirdarinskoy oblastiIz Uzbekistana v Kazaxstan otpravlena texnika
O‘zbekiston Qozog‘istonga yana 20 dona maxsus texnika yubordi - Sputnik O‘zbekiston
Iz Uzbekistana v Kazaxstan otpravlena texnika

O‘tgan haftada Maqtaaral tumanidagi suv toshqinidan zarar ko‘rgan aholi punktlari suvdan to‘liq tozalangandi. Bu ishlarda O‘zbekiston harbiy va favqulodda vaziyat xodimlari mehnati alohida e’tirof etildi.

“Maqtaaral tumanidagi suv bosgan barcha aholi punktlari suvdan tozalandi. Hokimlik, Qazsuvxo‘j, FVQ, O‘zbekiston Respublikasi harbiy va favqulodda vaziyat xodimlarining birgalikdagi sa’y-harakatlari tufayli qisqa vaqt ichida Sardoba suvi zovurlar va kollektorlar o‘zanlariga yo‘naltirildi, bu esa aholining normal hayotga qaytishiga imkon berdi", - deb yozdi hokim o‘rinbosari Saken Kalkamanov.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Sardobadagi texnogen ofat tufayli Qozog‘istonning janubiy qismidagi hududlar ham zarar ko‘rgani, O‘zbekiston hukumati tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha qo‘shni davlat bilan yaqindan hamkorlik qilishini aytib o‘tgandi.

O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligining 200 ortiq xodimi zarur texnika bilan toshqin oqibatlarini bartaraf etishda yordam berish uchun Qozog‘istonning Turkiston viloyati Maqtaaral tumaniga yuborilgandi.

Yangiliklar lentasi
0