BMT qaysi davlat pandemiyadan omon qolmasligi mumkinligini ma’lum qildi

© AFP 2023 / MOHAMMED HUWAISVrach v bolnitse Sani, Yemen
Vrach v bolnitse Sani, Yemen - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yaman mamlakatdagi ijtimoiy va iqtisodiy qiyinchiliklar tufayli koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashga bardosh berolmasligi mumkin.

Yaman mamlakatdagi ijtimoiy va iqtisodiy qiyinchiliklar tufayli koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashga bardosh berolmasligi mumkin, bu haqda "Planeta novosti" portali xabar qildi.

Moskva vo vremya rejima samoizolyatsii jiteley - Sputnik O‘zbekiston
Pandemiya sharoitida migrantlar orasida jinoyatchilik ko‘paymadi

Arab respublikasidagi vaziyat mamlakatda ocharchilikni keltirib chiqargan fuqarolar urushi, shuningdek, hokimiyat kerakli miqdorda koronavirusga test-tizimlarini va dori vositalarini sotib olish imkoniyatiga ega emasligi tufayli jiddiy murakkablashmoqda.

Pandemiyadan oldin yamanliklar Denge bezgagi, malyariya va o‘lat kasalligini boshdan kechirishgan, shu sababli ularning ko‘pchiligining immunitetni zaiflashgan va aholining tahminan 80 foizi chet eldan gumanitar yordamga muhtoj.

Bundan tashqari, mamlakatdagi shifoxonalarning aksariyati yopilgan - Yaman mintaqalarining deyarli to‘rtdan bir qismida tibbiy yordam olish imkoniyati yo‘q, so‘nggi yillarda bolalar orasida emlashlar olib borilmadi.

BMT Qochqinlar ishlari bo‘yicha Oliy komissari idorasi vakili Jan-Nikol Boze koronavirus pandemiyasi Yamanda qaytarib bo‘lmaydigan oqibatlarga olib kelishi mumkinligini ta’kidladi. Shu bilan birga, testlarning yetishmasligi tufayli kasallanganlarning aniq sonini aniqlab bo‘lmaydi - rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, hozircha mamlakatda 212 ta COVID-19 bilan kasallanish va 39 ta o‘lim holatlari qayd etildi.

Yangiliklar lentasi
0