TOShKENT, 25-may — Sputnik. Moskva hayvonot bog‘ida alligator Saturn vafot etdi, uning yoshi 84 da edi, afsonaga ko‘ra, u Adolf Gitler kolleksiyasida bo‘lgan. Bu haqda muassasaning Facebook’dagi sahifasida xabar berildi.
"Kecha ertalab Missisipi alligatorimiz Saturn vafot etdi. U 84 yoshda edi. Yovvoyi tabiatda ushbu tur vakillarining umr ko‘rish davomiyligi 30-50 yoshni tashkil etadi. Saturn uzoq va voqealarga boy hayot kechirdi. U 1936-yilda AQShda tug‘ildi. Deyarli darhol u Berlin hayvonot bog‘iga olib ketildi, 1943-yil 23-noyabrda bo‘lgan bombardimon qilingandan keyin u yerdan qochib ketdi", - deyiladi xabarda.
Materialda yozilishicha, ingliz askarlari timsohni 1946-yilda topib olishdi va Sovet Ittifoqiga berib yuborishgan.
"1946 yil iyul oyida Saturn Moskvaga olib kelindi. Darhol u Berlindagi hayvonot bog‘ida emas, balki Gitler kolleksiyasida bo‘lganligi haqidagi afsona paydo bo‘ldi. Ammo u nazariy jihatdan kimgadir tegishli bo‘lsa ham, hayvonlarning - urush va siyosatga aloqasi yo‘q, ularni inson gunohlarida ayblash bema’nilik", - deyiladi xabarda.
Saturn Moskva hayvonot bog‘ida 74-yil yashadi. Timsohning jasadi Darvin muzeyida saqlanadi.