BMT migrantlar uchun pul o‘tkazmalarni bepul qilishni taklif qildi

© regnum.ruKrupnie platejnie sistemi ogranichili perevodi v strani SA
Krupnie platejnie sistemi ogranichili perevodi v strani SA - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tashkilot koronavirus pandemiyasi vaqtida mehnat migrantlari uchun moliyaviy yuklamani kamaytirish va ular uchun vataniga pul jo‘natishni bepul qilish zarur deb hisoblaydi.

TOShKENT, 25-may — Sputnik. Birlashgan millatlar tashkiloti qator tashkilotga a’zo mamlakatlarning pandemiya davrida migrantlar uchun pul jo‘natish sharoitlarini yengillashtirish tashabbusini qo‘llab-quvvatladi.

Tashkilot mehnat migrantlari uchun moliyaviy yuklamani kamaytirish va ular uchun vataniga pul jo‘natishni bepul qilish zarur deb hisoblaydi. Zero, ular tranzaksiya uchun to‘layotgan foizlari, ayniqsa, pandemiya sharoitida og‘irlik qiladi.

Mujchina osushestvlyayet denejniy perevod - Sputnik O‘zbekiston
COVID tufayli Markaziy Osiyoga pul o‘tkazmalari keskin kamayadi - Jahon banki

BMT po‘l o‘tkazmalari hajmining kamayishi qashshoq davlatlar iqtisodotiga katta ta’sir ko‘rsatishidan xavotir olmoqda. Ular shundoq ham pandemiyadan zarar ko‘rmoqda.

BMTning Investitsiyalar va rivojlanish jamg‘armasi ijrochi kotibi Judit Karl koronavirus pandemiyasi tufayli ko‘plab migrantlar ishsiz qolganini ta’kidlagan. Ishlayotgan migrantlar esa uylariga pul jo‘natishga qiynalmoqda, chunki karantin cheklovlari natijasida aksariyat xizmatlar to‘liq faoliyat yuritmayapti. U hozir mehnat bozoriga ta’sir o‘tkazish qiyin, lekin pul o‘tkazish sharoitlarini yaxshilasa bo‘ladi deb hisoblaydi.

Avvaliga ushbu tashabbus Britaniya va Shveysariyadan chiqdi, keyin uni xalqaro tashkilotlar, jumladan, Jahon banki va BMT tarkibidagi bir qator muassasalar qo‘llab-quvvatladi. Asosiy maqsad – rivojlanayotgan mamlakatlarga moliyaviy oqim yo‘lidagi to‘siqlarni olib tashlash.

Yangiliklar lentasi
0