O‘zbekistonda xalqlar do‘stligi kuni belgilandi

© Azerbaydjanskiy Kulturniy Sentr v UzbekistaneV Uzbekistane v Azerbaydjanskom Kulturnom Sentre sostoyalsya prazdnik Novruz
V Uzbekistane v Azerbaydjanskom Kulturnom Sentre sostoyalsya prazdnik Novruz  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
30 iyulni Xalqlar do‘stligi va birdamligi kuni sifatida belgilash to‘g‘risida qonun loyihasi xalq muhokamasiga qo‘yildi

TOShKENT, 23-may - Sputnik. Xalqlar do‘stligi va umumxalq birdamlik kunini belgilash to‘g‘risidagi qonun loyihasi muhokamaga qo‘yildi, deb xabar bermoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Hujjat bilan 30-iyulni Xalqlar do‘stligi va umumxalq birdamlik kuni etib belgilash ko‘zda tutilgan. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kirishi ta’kidlab o‘tilgan.

Ta’kidlab o‘tish joizki, prezident Shavkat Mirziyoyev o‘z rasmiy chiqishlarida O‘zbekiston ko‘pmmilatli mamlakat ekanligini, mamlakatda 130 dan ortiq millat va elat vakillari bir oila farzandlaridek ahil va inoq yashab kelishlarini, ular O‘zbekiston ravnaqi yo‘lida birlashib, barcha soha va tarmoqlarda fidokorona mehnat qilmoqda, rivojlangan bozor iqtisodiyoti va kuchli fuqarolik jamiyatiga asoslangan huquqiy demokratik davlat qurishga munosib hissa qo‘shib kelayotganlarini ko‘p bora e’tirof etadi.

Yangiliklar lentasi
0