Koronavirus infeksiyasini yuqtirganlarning 20 nafari aholi orasida aniqlandi - SSV

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaJiteli Tashkenta po vozmojnosti priobretayut maski dlya profilaktiki virusa
Jiteli Tashkenta po vozmojnosti priobretayut maski dlya profilaktiki virusa - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sog‘liqni saqlash vazirligi ko‘chaga zaruratsiz chiqmaslikni, shuningdek, ijtimoiy masofani saqlashni, qo‘llarni tez-tez yuvishni, tibbiy niqob taqishni tavsiya etmoqda.

TOShKENT, 22-may - Sputnik. Koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan 28 nafar kishining 20 nafari aholi orasidan aniqlandi, deb xabar berdi Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Ziroat Mirziyoyeva posetila jiteley Sirdarinskoy oblasti, evakuirovannix iz zoni bedstviya - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonning birinchi xonimi Sirdaryo aholisi bilan uchrashdi

Ta’kidlanishicha, COVID-19 infeksiyasiga chalingan 3 nafar fuqaro Toshkent shahri (12 nafar), Navoiy viloyati (5 nafar) va Samarqand viloyati (3 nafar) da jami 17 nafar oila a’zolari, yaqinlari va hamkasblariga yuqtirgan.

Sog‘liqni saqlash vazirligiga ko‘ra, karantin cheklovlari bosqichma-bosqich yumshatilishi tufayli ba’zi hududlarda aholi zaruratsiz ko‘chalarga chiqib ketgan, karantin qoidalariga amal qilmaslik holatlari ko‘zga tashlanmoqda.

"Bu esa infeksiya yuqtirish xavfini yanada kuchaytirmoqda", - deyiladi vazirlik bayonotida.

Sog‘liqni saqlash vazirligi ko‘chaga zaruratsiz chiqmaslikni, shuningdek, ijtimoiy masofani saqlashni, qo‘llarni tez-tez yuvishni, tibbiy niqob taqishni tavsiya etmoqda.

O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi 2 967  nafar kishida aniqlangan. 2 407 kishi infeksiyadan butunlay sog‘aygan. Vafot etganlar soni 13 nafarni tashkil etmoqda.

Yangiliklar lentasi
0