Xitoy hukumati mahalliy hokimiyatlarga "kamharjroq bo‘lishni"ni tavsiya qildi

© AP Photo / Ng Han GuanJiteli Uxanya yedut na parome cherez reku Yanszi
Jiteli Uxanya yedut na parome cherez reku Yanszi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xitoy YaIMining o‘sishi sur’ati 6,1 foizni tashkil etdi, bu so‘nggi 30-yildagi eng yomon ko‘rsatkich. Shu sabab hukumat hududlardan kamxarajatli bo‘lishni talab qilmoqda.

TOShKENT, 22-may - Sputnik. Xitoy hukumatining joriy  hisobotida aytilishicha, Xitoyning barcha darajalaridagi hukumatlar COVID-19 epidemiyasi natijasida YaIMning pasayishi sababli budjet xarajatlarida harajatlarni qisqartirishi kerak. RIA Novosti xabariga asosan.

"Barcha darajadagi hukumatlar haqiqatan ham harajatlarni qisqartiri kerak. Markaziy hukumat budjet xarajatlarining salbiy o‘sishi uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oladi, zarur bo‘lmagan va majburiy bo‘lmagan moddalarga sarflarni 50% ga kamaytiradi", - deyiladi XHR Davlat Kengashi Bosh vaziri Li Ketsan tomonidan mamlakatning Qonunchilik majlisi ochilishi marosimida o‘qilgan hisobotda.

2019 yil yakunlariga ko‘ra, Xitoyning YaIMning o‘sish sur’ati 6,1 foizni tashkil etdi, bu so‘nggi 30-yildagi eng yomon ko‘rsatkich bo‘ldi, ammo bu hukumatning 6-6,5 foizga o‘sish darajasi rasmiy prognoziga to‘g‘ri keldi. O‘tgan yil uchun mamlakatning yalpi ichki mahsuloti 99,08 trillion yuanni (14,4 trillion dollar) tashkil etdi. Shu bilan birga, Xitoy jahon ikkinchi iqtisodiyoti maqomini saqlab qoldi.

2020 yilning birinchi choragida, COVID-19 pandemiyasi tufayli, iqtisodiyot salbiy o‘sishni ko‘rsatdi, mamlakatning YaIMi 1976-yilgi madaniy inqilobdan beri birinchi marta yillik hisobda 6,8 foizga pasaydi.

 

Yangiliklar lentasi
0