TOShKENT, 22-may - Sputnik. Samarqand viloyatidagi Juma shahri kirish yo‘li hamda shahar ichidagi bir necha ko‘chalarda transport harakati vaqtinchalik to‘xtatiladi. Bu haqida Pastdarg‘om tumani hokimligi xabarida aytib o‘tilgan.
Pastdarg‘om tumani aholisining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va xavfsizligini ta’minlash, fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘ini himoya qilish hamda koronavirus infeksiyasining tuman hududi bo‘ylab tarqalishining oldini olish maqsadida tuman hokimi Sh.Xudayberdiyevning farmoyishiga bilan 21-may kuni soat 19:00 dan boshlab, Juma shahriga tumanning boshqa hududlaridan kirib kelayotgan avtotransport vositalari hamda fuqarolarning quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha harakatlanishi vaqtincha to‘xtatiladi.
- 4R-46a avtomobil yo‘lining 1-kilometri, Juma shahriga kirish yo‘li;
Juma shahar Havuzak mahallasi Kamalak ko‘chasi yo‘li; - 4K-547 avtomobil yo‘lining Juma shahar Sh.Rashidov mahallasi M.Sharapov va Bo‘ston ko‘chalariga kirish yo‘li;
- Samarqand – Juma - Kattaqo‘rg‘on 4R-46 avtomobil yo‘lining 24-klometri, Juma shahriga kirish yo‘li;
- Samarqand – Juma - Kattaqo‘rg‘on 4R-46 avtomobil yo‘lining 25-klometri, Juma shahar Buyuk Turon ko‘chasiga kirish yo‘li;
Eslatib o‘tamiz, Samarqand shahri hozircha "qizil" maqomda qolmoqda. Yaqinda shag‘ar tez tibbiy yordam markazida koronavirus holati aniqlanib markaz karantinga yopilgan edi.
Undan tashqari biroz oldin Oqdaryo tumanida tibbiyot bo‘limi boshlig‘i koronavirus infeksiyasi yuqtirganini va belgilangan tartibda davolanmagani tufayli oila a’zolari va bemorlar orasida yana 34 kishiga ushbu kasallikni yuqtirgani aniqlangan edi.