TOShKENT, 21-may — Sputnik. Xitoy koronavirus tarqalishiga qarshi kurashish uchun 9 trln dollar ajratishi kerak. Bu haqda AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo ma’lum qildi.
“Xitoyning pandemiyaga qarshi kurashish uchun qo‘shgan hissasi arzimagan, agar u tufayli butun dunyo to‘lagan baho bilan taqqoslasak. Ushbu vabo 90 ming amerikaliklarning yotig‘ini quritdi, martdan buyon 36 mln amerikalik ishidan ayrildi. Butun dunyo bo‘ylab 300 ming kishi vafot etgan. Hisob-kitoblarimizga ko‘ra, (Xitoy hissasi) 9 trln dollar bo‘lishi kerak”, - dedi Pompeo.
Pompeoning so‘zlariga ko‘ra, AQSh, masalan, yangi koronavirusga qarshi kurashish uchun 10 mlrd dollar ajratgan, Xitoy esa 2 mlrd dollar.
AQSh Xitoyni koronavirus avj olishini yetarli darajada tekshirmaganlikda ayblab keladi, Pekin esa buni rad etmoqda.