O‘zbekistonda birdaniga 47 kishida COVID-19 aniqlandi

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Mediabankka o‘tishTestirovanie rossiyan na nalichie antitel k COVID-19
Testirovanie rossiyan na nalichie antitel k COVID-19 - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 2920 nafardan oshib ketdi. So‘nggi soatlarda yana 47 kishida kasallik aniqlandi.

TOShKENT, 20-may — Sputnik. O‘zbekistonda yana 47 kishining COVID-19ga topshirgan testi musbat chiqdi.

Probirka s koronavirusom 2019-nCoV - Sputnik O‘zbekiston
COVID-19dan davolanganlar atrofdagilarga zararli emas - olimlarning yangi kashfiyoti

“2020 yil 20-may soat 16:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 2927 (+47) nafarni tashkil qilmoqda”, - deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi xabarida.

Aniqlangan yangi kasallanish holatlarining 28 nafari oldindan karantinda bo‘lgan fuqarolar, 19 nafari xorijdan (15 nafari Qozondan, 4 nafari Sankt-Peterburgdan charter reyslari orqali) kelgan va karantin markaziga joylashtirilgan shaxslar orasidan qayd etildi.

Ayni paytda mamlakatda 2366 nafar koronavirusga chalingan fuqarolar butunlay sog‘aydi.

Yangiliklar lentasi
0