“O‘zbekiston-Qirg‘iziston-Xitoy” temir yo‘li qurilishiga oid takliflar muhokama qilindi

© Sputnik / Igor Ageyenko / Mediabankka o‘tishJeleznodorojnie sostavi na stansii
Jeleznodorojnie sostavi na stansii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Temir yo‘l qurilishi marshrutlari bo‘yicha yagona to‘xtamga kelish, loyihalash va qurilish ishlarida qo‘llanilayotgan texnik standartlar, loyihani moliyalashtirish manbalari va boshqa tashkiliy masalalar muhokama qilindi.

TOShKENT, 20-may — Sputnik. O‘zbekiston transport vaziri Elor G‘aniyev, Qirg‘iziston transport va yo‘l vaziri Janat Beyshenov, Xitoyning islohotlar va rivojlanish bo‘yicha davlat qo‘mitasining chet el kapitali va xorijiy investitsiyalar departamenti bosh direktori o‘rinbosari Chjen Chipin boshchiligida videokonferensiya aloqa shaklida uchrashuv o‘tkazildi.

Teplovoz s gruzovimi vagonami - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya “Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston” temir yo‘li loyihasiga sarmoya kiritdi

Transport vazirligi xabariga ko‘ra, O‘zbekiston tomoni tashabbusi bilan tashkil etilgan onlayn uchrashuvda tomonlar “O‘zbekiston – Qirg‘iziston – Xitoy” temir yo‘l qurilishi loyihasini amalga oshirish bo‘yicha kelgusi amaliy choralarni muhokama qilishdi.

Xususan, ushbu loyiha yuzasidan tomonlar taqdim etilgan temir yo‘l qurilishi marshrutlari bo‘yicha yagona to‘xtamga kelish, loyihalash va qurilish ishlarida qo‘llanilayotgan texnik standartlar, loyihani moliyalashtirish manbalari va boshqa tashkiliy masalalar muhokama qilindi.

“Sanitariya-epidemiologiya standartlari shartlariga muvofiq deyarli barcha transport turlarida yuk tashuvlariga cheklovlar qo‘yilmoqda. Karantin choralari tufayli davlatlarimiz o‘rtasida avtomobilda yuk tashuvlari cheklangan holda amalga oshirilmoqda. Mazkur jarayonlar fonida eng xavfsiz, ishonchli transport vositasi esa temir yo‘l bo‘lib qolmoqda. Aynan shu jihatning o‘zi ham mazkur loyihani hayotga tezroq tadbiq etish zarurligi ko‘rsatmoqda”, - dedi G‘aniyev.

Uchrashuvda Xitoy va Qirg‘iziston tomoni mazkur temir yo‘l liniyasi o‘tishi mumkin bo‘lgan hududlar bo‘yicha bergan takliflari atroflicha muhokama qilindi.

Tomonlar taqdim etilgan temir yo‘l qurilishi marshrutlari bo‘yicha yagona to‘xtamga kelish yuzasidan, har bir yo‘nalish bo‘yicha loyihaning texnik va iqtisodiy jihatlarini yana bir karra ko‘rib chiqishga va kelasi haftada huddi shu formatda uchrashuv o‘tkazishga kelishib olishdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya “Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston” temir yo‘li qurilishi loyihasining texnik-iqtisodiy asosini ishlab chiqishga 200 million rubl ajratgani xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0