Qo‘shxotinlikka ruxsat berilgani haqidagi xabarga rasmiy munosabat bildirildi

© JOHANNES EISELE / AFPSuprujeskaya para
Suprujeskaya para - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekistonda aholi sonini ko‘paytirish maqsadida ikkinchi xotinga uylanishga ruxsat berilgani haqida xabar tarqaldi. Bu ko‘pchilikning qizg‘in muhokamasiga sabab bo‘ldi.

TOShKENT, 20-may — Sputnik. Davlat xizmatlari agentligi tizimiga kiruvchi FHDYo internetdagi xabarlarga rasmiy munosabat bildirdi.

Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda 10-apreldan O‘zbekistonda ikkinchi xotinga uylanishga rasman ruxsat berilgani va ushbu qaror aholi soni ko‘paytirish maqsadida qabul qilingani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Davlat xizmatlari agentligi xabarida qayd etilishicha, O‘zbekiston JKning 126-moddasiga ko‘ra, ko‘p xotinli bo‘lish, ya’ni umumiy ro‘zg‘or asosida ikki yoki undan ortiq xotin bilan er-xotin bo‘lib yashash —BHMning 50 baravaridan 100 baravarigacha miqdorda jarima yoki 3-yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki 1-yildan 3-yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

“Bundan tashqari, Oila kodeksining 16-moddasiga asosan nikoh tuzishga loaqal bittasi ro‘yxatga olingan boshqa nikohda turgan shaxslar o‘rtasida yo‘l qo‘yilmaydi”, - deyilgan xabarda.

Agentlik qo‘shxotinlik to‘g‘risida hech qanaqa qaror qabul qilinmaganini ta’kidlagan.

“Ma’lumot tariqasida, O‘zbekistonda hozirgi kunda demografik ko‘rsatkich bilan hech qanday muammo yo‘q. Bir yilda o‘rtacha 750-800 mingga yaqin bolalar tug‘ilishi qayd etilmoqda”, - deya yozgan Agentlik.

Yangiliklar lentasi
0