Ayrim qurilish texnikalari bojxona to‘lovlaridan ozod etiladi

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaOdin den s xokimom Yashnabada - Xojiakbarom Tillyashayxovim
Odin den s xokimom Yashnabada - Xojiakbarom Tillyashayxovim - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
2021 yil 1-yanvargacha bo‘lgan muddatda import qilinadigan yangi qurilish va maxsus texnikalar hamda yuk tashish transport vositalari (27 turdagi) bojxona to‘lovlaridan ozod qilinadi.

TOShKENT, 20-may — Sputnik. “Hududlarda ko‘p qavatli binolar qurish ishlarini jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” O‘zbekiston prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, quyidagilar bojxona to‘lovlaridan (qo‘shimcha qiymat solig‘i va bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari) ozod etiladi:

  • 2021 yil 1-yanvargacha bo‘lgan muddatda import qilinadigan yangi qurilish va maxsus texnikalar hamda yuk tashish transport vositalari (27 turdagi);
  • 2020 yil 1-iyuldan 2023-yil 1-iyulgacha bo‘lgan muddatda ko‘p qavatli monolit uy-joylar qurish uchun belgilangan tartibda shakllantiriladigan ro‘yxatga muvofiq import qilinadigan beton quyish qoliplari, beton tayyorlash mashina va mexanizmlari.

Bojxona to‘lovlarini to‘lovchilar 2020-yil 1-iyuldan 2023-yil 1-iyulgacha bo‘lgan muddatda import qilinadigan qurilish sohasida foydalaniladigan mashina va mexanizmlar, texnologik jihozlar, kichik mexanizatsiya vositalari, asbob-uskunalar, ehtiyot qismlar va butlovchi buyumlar bo‘yicha bojxona to‘lovlarini (qo‘shimcha qiymat solig‘i va bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari) 120 kungacha kechiktirib yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash huquqiga ega bo‘ladi.

Yangiliklar lentasi
0