Rossiyada "Mehr" fondi ish boshladi

Obuna bo‘lish
Rossiyadagi o‘zbekistonliklarga moddiy yordam ko‘rsatuvchi "Mexr" jamg‘armasi ish boshladi va 2 kun ichida 200dan ortiq yordamga muhtoj kishilarga pul ajratdi. 

Rossiyadagi o‘zbekistonliklarga moddiy yordam ko‘rsatuvchi "Mexr" jamg‘armasi ish boshladi.Jamg‘arma homiysi Alisher Usmonov, jamg‘arma faoliyati O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi tomonidan olib boriladi. 

Bir martalik yordam pulining miqdori 12 130 rubl bo‘lib, u nogironlarga, qaramog‘ida 2 yoki undan ortiq bola yoki homilador bo‘lgan ayollarga, talaba va koronavirus tashhisi qo‘yilgan fuqarolarga ajratiladi. Moliyaviy yordamni olish uchunyuqoridagi holatlarni tasdiqlovchi ma’lumotnoma taqdim etilishi kerak. 

Moliyaviy yordamni olish uchun elchixona tomonidan o‘zbek va rus tillarida maxsus ishga tushirilgan “Mexr.rf”  elektron portali orqali murojaat yuborish lozim.

"Mehr" jamg‘armasi qanday ishlashi haqida batafsil infografikamizda tanishing. 

Yangiliklar lentasi
0