Moskva masjidlarida Hayit namozi jamoat bo‘lib o‘qilmaydi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishPrazdnovanie Uraza-bayrama v Moskve
Prazdnovanie Uraza-bayrama v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ramazon hayiti kuni Rossiya musulmonlar diniy boshqarmasining Moskva va boshqa mintaqalardagi masjidlari yopiq bo‘ladi.

TOShKENT, 19-may — Sputnik. 24-may, Ramazon hayiti kuni Rossiya musulmonlar diniy boshqarmasining Moskva va boshqa mintaqalardagi masjidlari yopiq bo‘ladi. Bu haqda Rossiya musulmonlar diniy boshqarmasi, Muftiylar kengashi raisi shayx Ravil Gaynutdin musulmonlarga yo‘llagan murojaatida ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, masjidlar yana ko‘p odamlar virus yuqtirib olishi uchun sharoit yaratmasligi sabab yopiq bo‘ladi. Jamoat namozidan ko‘p odamlarning o‘limi va azobiga sabab bo‘lmaslik uchun ixtiyoriy ravishda voz kechilgan.

Muftiy musulmonlarni bu yilgi Ramazon hayitini uyda nishonlashga chaqirgan va Qurbon hayitini esa  birgalikda jamoat bilan o‘qish nasib etishiga umid bildirgan.

“Biz, Moskva Jome masjidi imomlari, 2020-yil 24-may, Ramazon hayiti kuni musulmonlar odatini o‘zgartirmaslik uchun cheklangan kishi bilan ijtimoiy masofaga rioya qilgan holda bayram namozini ado etamiz”, - deyiladi shayx Ravil Gaynutdin murojaatida.

Qayd etish joizki, O‘zbekistonda Ramazon hayiti namozi o‘qilishi yoki o‘qilmasligi to‘g‘risidagi qaror hozircha e’lon qilinmagan.

Yangiliklar lentasi
0