TOShKENT, 19-may — Sputnik. Moskvada istiqomat qiluvchi taniqli tojik shifokori va “Rossiya tojiklari ittifoqi”ning sobiq raisi Abdullo Davlatov yaqinda koronavirus kasalligini boshdan kechirdi.
Davlatovning so‘zlariga ko‘ra, u bemorlarni davolash vaqtida koronavirusni yuqtirib olgan.
Shifokor avvaliga unda koronavirusning hech qanday alomatlari bo‘lmaganini ma’lum qilgan.
“Birinchi tahlillarim yaxshi edi. Ammo asta-sekin nafas olishda qiyinchilik paydo bo‘ldi. Pulsoksimetriya qonda kislorod 95 foiz ekanini ko‘rsatdi. Bu ogohlantirish edi, xatar haqida bong urush emas”, - deya yozadi shifokor.
Shifokor bir necha kundan so‘ng 15-may kuni kompyuter tomografiyasini qildirgan va u COVID-19 yuqtirib olganini ko‘rsatgan. Keyin uni zudlik uni kasalxonaga yotqizishgan.
Davlatovning ma’lum qilishicha, u uch kun shifoxonada bo‘lgan va hozir unga javob berishgan.
Shifokor uni gidroksixloroxin va azitromitsin bilan davolashganini aytib bergan. Ammo bu dorilarni faqat shifokor tavsiyasi va muayan miqdorda iste’mol qilish kerak.