Kiyev o‘zini yovvoyilardek tutmoqda - Rossiyaning UNESKOdagi vakili 

© Sputnik / Stringer / Mediabankka o‘tishGoroda mira. Kiyev
Goroda mira. Kiyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiyaning YuNESKOdagi vakili Ukraina hukumatining rus madaniy muassasalariga nisbatan kiritgan sanksiyalarini keskin qoraladi.

TOShKENT, 19-may - Sputnik. Rossiyaning YuNESKOdagi vakili Aleksandr Kuznetsov Ukraina hukumatining rus madaniy muassasalariga nisbatan kiritgan sanksiyalarini keskin qoraladi. 

- Odamlar o‘z-o‘zini yakkalashga majbur bo‘lgan pandemiya sharoitidia YuNESKO raqamli texnologiyalar yordamida insoniyat uchun dunyo madaniy boyliklari bilan tanishish uchun tobora kengroq imkoniyat yaratishga harakat qilayotgan bir vaqtda Kiyevning ushbu harakati "simfonik musiqa konsertiga to‘qmoq bilan kelgan yovvoyiga o‘xshaydi", - dedi Kuznetsov RIA Novosti muxbiriga. 

Eslatib o‘tamiz, Ukraina o‘tgan haftada Rossiyaning bir qator ilmiy va madaniy muassasalariga nisbatan sanksiyalar kiritgan edi. Ular orasida Rus geografiya jamiyati, Ermitaj, Pushkin nomli Davlat San’at muzeyi, Arxeologiya instituti, Lomonosov nomidagi MDU va boshqalar bor. 

Shu bilan birga Rossiya vakili YuNESKO tomonidan Ukraina tomonidan Ukrainada xalqaro huquqining asosiy prinsiplariga, xususan 1972-yilda qabul qilingan Konvensiya talablari buzilishiga nisbatan ham hech qanday chora ko‘rmayotganini aytib o‘tdi. Aleksandr Kuznetsov so‘zlariga ko‘ra bu borada tashkilot "ikki yoqlama siyosat"ga yo‘l qo‘ymoqda. YuNESKO siyosiy tashklot bo‘lmasada siyosiy sabablarga ko‘ra Qrimdagi madaniyat obyektlarini himoya qilishdan bosh tortmoqda. 

 

Yangiliklar lentasi
0