TOShKENT, 19-may - Sputnik. Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahrida jamoat transporti, teatrlar va kutubxonalar 25-maydan o‘z faoliyatini qayta tiklaydi. Bu haqda seshanba kuni o‘tkazilgan matbuot-anjumanida Respublika bosh vaziri birinchi o‘rinbosari Kubatbek Boronov ma’lum qilgan.
"Bishkekda jamoat transporti, avtobuslar va trolleybuslar 25-may sanasidan o‘z faoliyatini boshlaydi", - deb aytgan Boronov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, xuddi o‘sha kundan teatrlar, muzeylar, galereyalar va kutubxonalar faoliyatiga ham ruxsat beriladi.
"O‘z faoliyatini qayta tiklayotgan barcha obyektlarda sanitariya-karantin choralari qat’iy amal qilinishi lozim", - dedi amaldor.
Qirg‘izistonda bugunga qadar koronavirus infeksiyasiga chalinganlar soni 1243 nafarni tashkil qilmoqda, infeksiyani yuqtirganlar orasida 257 nafari - tibbiyot xodimlaridir. Vafot etganlar soni 14 kishi. 898 nafar bemor sog‘aygan. Pandemiya davrida respublikada 80 mingdan ziyod testlar amalga oshirilgan.
Butundahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 11-mart kuni yangi turdagi COVID-19 koronavirus infeksiyasini pandemiya, deb e’lon qilgan edi. BSST taqdim etgan so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, dunyoda koronavirusga chalinish bo‘yicha 4,6 million holat qayd etilgan, 311 mingdan ziyod inson vafot etgan.