Yo‘lovchilardan "COVID-19"ga test tahlili olinganligi haqidagi ma’lumotnoma talab etilmaydi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovProvodnik u vagona na jeleznodorojnom vokzale v Tashkente
Provodnik u vagona na jeleznodorojnom vokzale v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda avia va temir yo‘l qatnovi uchun yo‘lovchilardan koronavirusga test topshirish talabi bekor qilindi.

TOShKENT, 18-may — Sputnik. Avia va temir yo‘l qatnovi uchun yo‘lovchilardan koronavirusga test topshirish talabi bekor qilindi.

Kupol mecheti - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda yana bir bemor koronavirusdan vafot etdi

Karantin davrida fuqarolar uchun yanada qulay sharoitlar yaratish maqsadida Respublika maxsus komissiyasi tomonidan xorijiy tajriba o‘rganilgan holda joriy yilning 18-may kunidan Toshkent shahridan Nukus, Urganch, Termiz shaharlariga aviaqatnovlar (borish va qaytish) hamda Toshkent shahridan Navoiy, Buxoro, Qarshi shaharlariga “Afrosiyob” tezurar poyezdi hamda Farg‘ona vodiysiga temir yo‘l qatnovi (borish va qaytish) uchun koronavirus infeksiyasiga test topshirish talabi belgilangan edi.

Karantin sharoitida aholining iqtisodiy holatini e’tiborga olib, shuningdek, harakatlanish vaqtida yo‘lovchilarning ijtimoiy masofa saqlashiga sharoit mavjudligini nazarda tutib, qolaversa, fuqarolarning hududlararo harakatlanishida ortiqcha noqulayliklar yuzaga kelishining oldini olish maqsadida Respublika maxsus komissiyasi tomonidan ushbu talab bekor qilindi.

Endilikda yuqorida ko‘rsatilgan reyslar bo‘yicha harakatlanayotgan yo‘lovchilardan  koronavirus infeksiyasiga test tahlillari olinganligi haqidagi ma’lumotnoma talab etilmaydi. 

Shu bilan birga, avia va temir yo‘l qatnovlarini tashkil etishda barcha karantin qoidalariga amal qilish, shu jumladan, yo‘lovchilar sonini kamaytirish, dezinfeksiya qilish va boshqa sanitariya talablari so‘zsiz bajarilishi talab etiladi.

Yangiliklar lentasi
0