Turkiya davolanishni rejalashtirgan o‘zbekistonliklar uchun chegarasini ochmoqda

© pixabayPassajiri v aeroportu
Passajiri v aeroportu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bemor va unga hamroh bo‘lgan shaxslar COVID-19ga test topshirishlari kerak. Agar bu testlar o‘z mamlakatlarida mavjud bo‘lsa, unda test safardan 48 soat oldin topshirilishi kerak.

TOShKENT, 18-may - Sputnik. Turkiya tibbiy muassasalarda davolanish uchun mamlakatga tashrif buyurayotgan o‘zbekistonliklar uchun chegaralarini ochmoqda, deb xabar beradi Daily Sabah.

“20 maydan boshlab Turkiya 31 davlat, shu jumladan, Rossiya, Qozog‘iston, Gruziya, Ukraina, Ozarbayjon, O‘zbekistonga, shuningdek, Yevropa va Yaqin Sharqning bir qator davlatlari fuqarolari kirishiga rasman ruxsat beradi. Shu bilan birga, sayohatlarga plyaj ta’tili emas, balki sog‘lomlashtirish ta’tili kiradi", - deyiladi xabarda.

Goroda mira. Rim - Sputnik O‘zbekiston
Italiya chegaralarini 3-iyundan ochadi

Bemorlar foydalanishi mumkin bo‘lgan xizmatlar ro‘yxatiga quyidagilar kiradi: ortopediya, travmatologiya, umumiy jarrohlik, bolalar jarrohligi, urologiya, ko‘z kasalliklari, kardiologiya, onkologiya, neyroxirurgiya, gematologiya, reproduktiv terapiya, organlar va suyak iligi transplantatsiyasi.

Tibbiy sayyohlar mamlakatga ko‘pi bilan ikki kishi hamrohligida kiritilishi mumkin. Bemor va unga hamroh bo‘lgan shaxslar COVID-19ga test topshirishlari kerak. Agar bu testlar o‘z mamlakatlarida mavjud bo‘lsa, unda test safardan 48 soat oldin topshirilishi kerak. Turkiyaga kirayotganda koronavirus testi tahlili manfiy to‘g‘risida sertifikat bo‘lishi kerak yoki Turkiyaga kirganda pullik test topshirish kerak bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Turkiya Ichki ishlar vazirligi mamlakat hududida xalqaro yuk tashish qoidalariga o‘zgartirishlar kiritgan edi. Chet ellik haydovchilar 14 kunlik karantin davrini kutmasdan, mamlakatdan imkon qadar tezroq chiqib ketish sharti bilan Turkiyaga kirishlari mumkin.

Yangiliklar lentasi
0