Toshkentda aeroport va vokzallar ochildi - video

Obuna bo‘lish
Joriy yil 18-may kunidan Toshkentdan Nukus, Urganch, Termiz shaharlariga aviaqatnovlar (borish va qaytish) hamda Toshkentdan Navoiy, Buxoro, Qarshi shaharlariga “Afrosiyob” tezurar poyezdi hamda Farg‘ona vodiysiga temir yo‘l qatnovi qisman tiklandi.

Barcha yo‘lovchilar sanitariya qoidalariga qat’iy rioya qilmoqda: himoya niqob va qo‘lqopda, kirishda dezinfeksiyadan o‘tadi. Dastlab yo‘lovchilardan "COVID-19"ga test tahlili olinganligi haqidagi ma’lumotnoma talab etilgan. Keyinchalik Respublika maxsus komissiyasi tomonidan ushbu talab bekor qilindi.

Poyezdda joylashish – ham sanitariya talabiga rioya qilgan holda: yo‘lovchi ikki o‘rindiqda bo‘ladi.  

Avia parvozlar ham o‘z ishini tikladi: aeroport kishi qismida – sanitariya nazorati, kutish zalida esa ijtimoiy masofaga rioya qilinadi.

Poytaxtdan birinchi samolyot Urganchga uchdi. Shu haftada reyslar Nukus va Termezga  rejalashtirilgan.

Yangiliklar lentasi
0