Sardoba hodisasini o‘rganish uchun O‘zbekiston xalqaro ekspertlar guruhini taklif qiladi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovVyezd v poselok Sardoba, postradavshiy ot navodneniya
Vyezd v poselok Sardoba, postradavshiy ot navodneniya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yevropa va Osiyo davlatlaridan taklif qilingan ekspertlar FV sabablarini o‘rganib suv omboridan kelajakda foydalanish istiqbollariga baho beradi.

TOShKENT, 18-may - Sputnik. O‘zbekiston hukumati bir qator davlatlardan xorijiy ekspertlarni taklif qilib Sirdaryoda sodir bo‘lgan suv toshqini sabablarini o‘rganadi, deb Shavkat Mirziyoyevning so‘zlarini keltirdi “O‘zbekiston 24” telekanali.

“To‘g‘on yorilishi sabablarini aniqlash maqsadida Fransiya, Yevropa, Osiyo, Turkiya va Rossiyadan eng yaxshi ekspertlar taklif qilinadi”, - dedi prezident.

Shuningdek, xalqaro ekspertlar Sirdaryo va Jizzax viloyatlarining qishloq xo‘jalik sektori uchun muhim bo‘lgan ushbu suv omboridan kelajakda foydalanish istiqbollariga ham baho berishadi.

“Hammaga suv kerak. Suv omborini qurish haqidagi qaror to‘g‘ri bo‘lgan, lekin mana shunday hodisa yuz berdi”, - dedi prezident.

Eslatib o‘tamiz, 1-may kuni Sardoba suv omborining to‘g‘oni yorilishi oqibatida Sirdaryo viloyatining hamda Qo‘shni Qozog‘iston Respublikasining bir necha qishloqlaridagi uy va ekin yerlari suv ostida qolgan edi. Suv toshqini oqibatida 6 kishi qurbon bo‘ldi.

Ayni damda O‘zbekiston Tergov organlari tomonidan ushbu favqulodda holat sabablarini 4 yo‘nalish bo‘yicha o‘rganishmoqda: loyihalashtirishda yo‘q qo‘yilgan xatolik, belgilangan talabga javob bermaydigan qurilish ishlari, ekspluatatsiya jarayonidagi xatolik va tabiiy ofat.

Yangiliklar lentasi
0