Koronavirusga chalingan yangi bemorlarning barchasi xorijdan kelgan

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovUzbekistan vozvrashayet charternimi reysami zastravshix za rubejom grajdan iz-za koronavirusa
Uzbekistan vozvrashayet charternimi reysami zastravshix za rubejom grajdan iz-za koronavirusa - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda 17-may kuni 7 nafar yangi bemor aniqlangan, ularning barchasi yaqinda xorijdan kelgan fuqarolar.

TOShKENT, 18-may - Sputnik. Sog‘liqni saqlash vazirligi xabariga ko‘ra, 17-may soat 23:00 holatiga O‘zbekistonda O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 2753 kishini tashkil qilgan. 

"17 may kuni 7 nafar yangi bemor aniqlangan. Ulardan 2 nafari xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisi bo‘lsa, 3 nafar fuqaro Sankt-Peterburgdan kelgan, 2 nafari esa oldindan karantinda bo‘lgan fuqarolardir", - deyilgan xabarda. 

Ayni paytda O‘zbekistonda koronavirusdan davolanish ko‘rsatkichi 81 %ga yetdi - 2247 nafar fuqaro koronavirus infeksiyasidan butunlay forig‘ bo‘ldi. Qolgan barcha bemorlarga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 2020 yil 13-may kunidan boshlab Samarqand shahri bo‘yicha karantin qoidalari kuchaytirilgan va bu cheklovlar o‘z kuchida qoladi. Respublikaning boshqa hududlarida joriy etilgan, karantinni yengillashtirish shartlari Samarqandda tatbiq etilmaydi.  

 

Yangiliklar lentasi
0