Gamaley markazi Rossiyada COVID-19dan o‘lim darajasi pastligiga izoh berdi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishVrachi meditsinskogo issledovatelskogo sentra
Vrachi meditsinskogo issledovatelskogo sentra  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
AQSh va Yevropa fuqarolariga nisbatan rossiyaliklarning immuniteti balandroq - epidemiologiya markazi direktori.

TOShKENT, 18-may – Sputnik. Rossiyada, boshqa davlatlarga qaraganda, COVID-19dan o‘lish darajasi 3-4 baravar past, chunki rossiyaliklarning Yevropa va AQSh fuqarolariga nisbatan populyatsion immuniteti balandroq, deydi Epidemiologiya va mikrobiologiya Milliy tadqiqot markazi direktori Aleksandr Ginsburg.

"Shunchaki past ham emas, balki 3-4 baravar past... Chunki, aminmanki, populyatsion immunitet bizning fuqarolarda yevropaliklar yoki amerikaliklarga qaraganda anchagina baland", - deb ta’kidladi u "Rossiya 24" kanaliga bergan intervyusida.

Rossiyada koronavirus bilan bog‘liq vaziyat qiyinligicha qolmoqda, ammo kasallanishlar sonini o‘sishini to‘xtatishga mavaffaq bo‘lindi, dinamikasi ijobiy, deya bayonot berdi bosh vazir Mixail Mishustin.

"Mamlakatimizda koronavirus infeksiyasining tarqalishi bilan bog‘liq vaziyat jiddiyligicha qolmoqda, ammo biz aytishimiz mumkinki, kasallanishning ko‘payishini to‘xtatishga muvaffaq bo‘ldik. Eng ehtiyotkor hisob-kitoblarga ko‘ra, dinamika ijobiy", - dedi Mishustin hukumat qoshidagi koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengash prezidiumi yig‘ilishida. 

Rossiya, O‘zbekiston va dunyoda COVID-19 bilan bog‘liq vaziyat to‘g‘risidagi ma’lumotlar stopkoronavirus.rf va coronavirus.uz  portallarida keltirilgan.

 

Yangiliklar lentasi
0