Aholi va tadbirkorlar 3 oyga mol-mulk va yer solig‘i to‘lashdan ozod etiladi

© SputnikKoshelek s dengami
Koshelek s dengami - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Aholi va tadbirkorlik subyektlari 2020-yil 1-iyundan 1-sentabrgacha quyidagilar mol-mulk va yer solig‘i to‘lashdan ozod etiladi.

TOShKENT, 18-may — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev “Koronavirus pandemiyasi davrida aholi va tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi.

Unga ko‘ra, 2020-yil 1-iyundan 1-sentabrgacha quyidagilar mol-mulk va yer solig‘i to‘lashdan ozod etiladi:

  • kichik tadbirkorlik subyektlari;  
  • bozorlar va  savdo majmualari;  
  • kinoteatrlar;
  • umumiy ovqatlanish joylari; 
  • jamoat transportlari tashkilotlari; 
  • sport-sog‘lomlashtirish muassasalari; 
  • shuningdek, yo‘lovchilarni tashish, maishiy xizmat ko‘rsatish, yopiq joylarni ijaraga berish, shu jumladan banketlar tashkil etish bilan shug‘ullanadigan yuridik shaxslar.

Shuningdek, kichik tadbirkorlik subyektlariga 2020-yil 9-martdagi PF-5969-son va 2020-yil 3-apreldagi PF-5978-sonli Farmonlarga muvofiq, aprel-may oylari uchun taqdim etilgan, mol-mulk va yer solig‘ining foizsiz kechiktirish (bo‘lib-bo‘lib to‘lash) summalaridan; 2020-yil 1-yanvardan boshlab 2020-yil 15-maygacha bo‘lgan muddatda yer va mol-mulk solig‘i bo‘yicha hisoblangan penya va jarimalardan voz kechiladi.

Tadbirkorlar uchun tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni)ni olib kirishda (import) qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lashni 120 kungacha yechiktirish huquqi beriladi. 

2020 yil 1-maydan 1-iyulgacha mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun ijtimoiy soliq stavkasi 12 foizdan 1 foizgacha pasaytiriladi. 

Ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan davlat korxonalari va yuridik shaxslar bundan mustasno.

Yangiliklar lentasi
0