TOShKENT, 17-may — Sputnik. Puerto-Riko davlati gubernatori Vanda Vaskes Garsed uning yakuniy siyosiy maqomini belgilash va AQSh tarkibiga kirish haqida referendum o‘tkazish to‘g‘risidagi qonun loyihasini imzoladi.
Qonun loyihisiga binoan ovoz berish 3-noyabr sanasiga tayinlangan.
Hoy hemos dado un paso afirmativo en la busqueda de la igualdad. Firmamos la Ley para la Definición Final del Estatus Político de Puerto Rico, disponiendo la celebración de un plebiscito el próximo 3 de noviembre de 2020, el día de las elecciones generales en la isla. pic.twitter.com/8Ro6kJdgP5
— Wanda Vázquez Garced (@wandavazquezg) May 16, 2020
El Exelcior nashri xabariga ko‘ra, aholiga quyidagi savol beriladi: “Puerto-Riko zudlik bilan AQSh tarkibiga qabul qilinishi kerakmi?”
Qayd etish joizki, bu davlatning AQSh tarkibiga kirishga oltinchi urinishi. Oldingilari muvaffaqiyatsizlik bilan yakunlangan. Karib orolining jiddiy niyatlariga qaramasdan so‘nggi yakuniy qarorni AQSh kongressi qabul qiladi. Uning tasdig‘isiz Puerto-Riko maqomini o‘zgartirishning iloji yo‘q.
Puerto-Riko 1952-yildan buyon AQSh boshqaruvi ostidagi hudud sanaladi, lekin uning ajralmas qismi emas. Puertorikanlar rasman AQSh fuqarolari hisoblanadi, ammo AQSh prezidenti saylovida qatnasha olmaydi.