Mirziyoyev Qozog‘iston prezidentini tavallud kuni bilan tabrikladi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev i Kasim-Jomart Tokayev otkrili god Kazaxstana v Uzbekistane
Shavkat Mirziyoyev i Kasim-Jomart Tokayev otkrili god Kazaxstana v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sardoba suv omboridagi hodisa oqibatlarini bartaraf etish , shuningdek, koronavirus tarqalishining savdo-iqtisodiy aloqalarga salbiy ta’sirini kamaytirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar alohida mamnuniyat bilan qayd etildi.

TOShKENT, 17-may — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar qildi.

“Suhbat avvalida davlatimiz rahbari Qozog‘iston Prezidentini tavallud kuni bilan samimiy tabriklab, unga mustahkam sog‘lik, farovonlik va yangi zafarlar, qardosh Qozog‘iston xalqiga esa tinchlik va ravnaq tiladi”, - deyilgan xabarda.

Sardoba suv omboridagi favqulodda hodisa oqibatlarini bartaraf etish, shuningdek koronavirus infeksiyasi tarqalishining ikki tomonlama savdo-iqtisodiy aloqalarga salbiy ta’sirini kamaytirish bo‘yicha yo‘lga qo‘yilgan samarali hamkorlik va amalga oshirilayotgan ishlar alohida mamnuniyat bilan qayd etildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev razgovarivayet po telefonu - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev Toqayev va Nazarboyev bilan “Sardoba” masalasini muhokama qildi

Prezidentlar yangi xatarlar va umumiy tahdidlarni yengib o‘tish uchun yaqin hamkorlikni davom ettirish muhim ekanini ta’kidladilar.

O‘zbekiston-Qozog‘iston munosabatlarining dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.

Muloqotning institutsional mexanizmlarini hamda o‘zaro savdo va investitsiyalar ko‘rsatkichlarini oshirishga qaratilgan birgalikdagi sa’y-harakatlarni faollashtirish, sanoat, qishloq xo‘jaligi, transport va logistika sohalari, boshqa ustuvor tarmoqlarda istiqbol yo‘nalish va loyihalarni ilgari surish zarurligi alohida ta’kidlandi. Xalqaro siyosatga oid qator masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.

Muloqot yakunida ikki davlat prezidentlari qardosh mamlakatlar o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlashda qat’iy ekanliklarini tasdiqladilar.

Yangiliklar lentasi
0