COVID-19ning og‘ir shakli birinchi alomatlari oshkor qilindi

© Sputnik / Pavel Kononov / Mediabankka o‘tishLaboratoriya dlya testirovaniya na koronavirus v Arxangelskoy oblasti
Laboratoriya dlya testirovaniya na koronavirus v Arxangelskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shifokor va teleboshlovchi Yelena Malishevaning so‘zlariga ko‘ra, ogohlantiruvchi birinchi alomat - bu nafas qisilishi.

TOShKENT, 16-may - Sputnik. Rossiyaning "Perviy" kanali "Zdorovye" ko‘rsatuvida Moskvaning bosh rentgenologi Sergey Morozov COVID-19ning og‘ir shakli alomatlarini sanab o‘tdi, deb xabar beradi RIA Novosti.

Moskva vo vremya rejima samoizolyatsii jiteley - Sputnik O‘zbekiston
Migrantga eslatma: koronavirus bilan kasallanib qolgan taqdirda nima qilish kerak

"Birinchisi - harorat 38,5 darajadan yuqori, ikkinchisi - yo‘tal, uchinchisi - nafas qisilishi. Bu nafas olishning yuqori chastotasi - daqiqasiga 20-30 ta harakat. Bunga qon kislorod bilan to‘yinganligining pasayishi ham qo‘shilishi mumkin", - dedi mutaxassis.

Shifokor va teleboshlovchi Yelena Malishevaning so‘zlariga ko‘ra, ogohlantiruvchi birinchi alomat - bu nafas qisilishi.

"Nafas qisilishi - havo yetishmasligi hissi. Bu kasalxonaga yotqizilish kerak bo‘lgan eng jiddiy alomat", - dedi u.

Mutaxassislar sianozga ham e’tibor qaratdilar - teri va shilliq qavatning ko‘karishi. Ularning so‘zlariga ko‘ra, COVID-19ning alomatlari lablar va tirnoqlar ko‘karishi ham bo‘ladi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiyada koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish holatlari soni 272 mingdan oshdi, ikki yarim mingdan ortiq odam vafot etdi, 63 mingga yaqini davolandi.

O‘zbekistonda kasallanganlar soni 2691 kishini tashkil qildi, ulardan 2158 nafari davolandi. 11 kishi vafot etdi.

Yangiliklar lentasi
0