TOShKENT, 15-may — Sputnik. Uzbekistan Airways kompaniyasi 18-maydan mahalliy parvozlarni amalga oshirishini ma’lum qildi.
Parvoz quyidagi jadval bo‘yicha amalga oshiriladi:
Toshkent-Urganch-Toshkent (dushanba, payshanba)
Toshkentdan parvoz: soat 09:00da
Urganchga qo‘nish: 10:30
Urganchdan parvoz: 13:30
Toshkentga qo‘nish: 14:50
Toshkent-Nukus-Toshkent (seshanba, juma)
Toshkentdan parvoz: soat 09:00da
Nukusga qo‘nish: 10:40
Nukusdan parvoz: 13:40
Toshkentga qo‘nish: 15:00
Toshkent-Termiz-Toshkent (chorshanba, shanba)
Toshkentdan parvoz: soat 09:00da
Termizga qo‘nish: 10:20
Termizdan parvoz: 13:20
Toshkentga qo‘nish: 14:30
Kompaniya karantin davrida mahalliy yo‘nalishlarda yo‘lovchilarga qo‘yilgan talablarga rioya qilish kerakligini ta’kidlagan. Quyida o‘sha talablar bilan tanishish mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda 18-maydan boshlab mamlakat ichidagi avia va temir yo‘l harakati qisman tiklanishi xabar qilingan edi.