Rossiya va O‘zbekiston rus tilini o‘rganish dasturini jadal ishlab chiqmoqda – Zaxarova

© Sputnik / StringerUzbeksko-russkiy razgovornik
Uzbeksko-russkiy razgovornik - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Biroz oldin O‘zbekistonda davlat idoralari xodimlarini ish yuritishda o‘zbek tilidan foydalanmaganlik uchun jarimaga tortishni taklif qilingan edi.

TOShKENT, 15-may - Sputnik. Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarova Rossiya va O‘zbekistonning rus tilini o‘qitish dasturi bo‘yicha birgalikda olib borayotgan ishlari haqida gapirib berdi.

Eslatib o‘tamiz: aprel oyining oxirida respublika Adliya vazirligi davlat xizmatchilariga ish yuritishni davlat tilida olib bormaganligi uchun ma’muriy javobgarlikni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ishlab chiqdi.

Ushbu qonun loyihasi ommaviy axborot vositalari va jamoatchilikning ko‘p sonli tanqidlariga sabab bo‘ldi.

"Biz yuqoridagi qonun loyihasi ommaviy axborot vositalarida yuzaga kelgan tortishuvlarga e’tibor qaratdik. Ko‘rinishidan, hozircha uning tarafdorlari aniq ozchilikda. Izohlarning aksariyati rus tili rasmiy muomalada to‘liq saqlanib qolganligini, bu tarix ruhi va ikki tomonlama munosabatlarning amaldagi sifatiga mos kelishini ko‘rsatmoqda. Eng muhimi - O‘zbekiston fuqarolarining manfaatiga", - dedi Zaxarova brifingda.

Diplomatning ta’kidlashicha, O‘zbekiston tomoni respublikada rus tilining to‘laqonli o‘qitish dasturini yaratishga qiziqish bildirgan. Hozirda uni ishlab chiqish bo‘yicha faol qo‘shma harakatlar amalga oshirilmoqda.

Ushbu dastur nimani nazarda tutadi?

Zaxarova tushuntirishicha, dastur yetkazib beriladigan o‘quv, uslubiy va badiiy adabiyot hajmini ko‘paytirilishini ko‘zda tutadi.

Bundan tashqari, qo‘shimcha rus tilini o‘rgatish markazlari ochiladi va o‘qituvchilarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazlariga rus tili bo‘yicha mutaxassislar yuboriladi.

Yana bir muhim chora: o‘zbekistonlik abituriyentlar uchun RFning oliy o‘quv yurtlarida budjet joylari kvotalari ko‘paytiriladi, gap "rus filologiyasi" ixtisosi haqida ketmoqda.

Yangiliklar lentasi
0