TOShKENT, 14-may - Sputnik. O‘zbekiston IIV 2021-yildan boshlab mamlakatda ID-kartalarni joriy qilishni nazarda tutadigan qonun loyihasini e’lon qilindi.
Respublika mustaqillikka erishgach, ushbu tartib fuqaroning shaxsini tasdiqlovchi rasmiy hujjatni almashtirishning uchinchi bosqichi bo‘ladi. Xalqaro amaliyot shuni ko‘rsatadiki, ko‘p funksiyali ID-kartalar bugungi kunda dunyoning ko‘plab mamlakatlarida qo‘llanilib kelmoqda va qog‘oz variantini munosib o‘rnini bosuvchi hisoblanadi.
O‘zbekistonda 2011-yil namunasidagi ichki pasportni shaxsiy guvohnomaga almashtirish 2021-yildan barcha fuqarolar uchun majburiy bo‘lib qoladi va 2030-yilgacha amalga oshiriladi. Belgilangan muddat tugaganidan keyin ilgari berilgan hujjat haqiqiy emas deb hisoblanadi. ID-kartalar tug‘ilgan paytdan boshlab 1 yoshgacha - 2-yil muddatga beriladi; 1-yildan 16 yoshgacha - 5-yilga; 16 yoshga to‘lgan fuqarolar uchun - 10-yilga.
O‘zbekiston Adliya vazirligi ma’lum qilishicha, prezident farmoniga asoslanib, shaxsni tasdiqlovchi hujjat berish uchun davlat boji bazaviy miqdorning 89 foizini (198 470 so‘m) tashkil etadi.
ID-karta nima uchun kerak?
Fuqarolarni raqamli identifikatsiya qilish vazirlik va idoralarning axborot tizimlari bilan o‘zaro aloqada shaxsni tezkor aniqlash imkonini beradi, bu aholiga davlat xizmatlarini ko‘rsatish xizmatlari ishini sezilarli darajada osonlashtiradi va optimallashtiradi.
Shuni ta’kidlash kerakki, ID-karta chipida qayd etilgan ma’lumotlarning maxfiyligi alohida xizmatlarga talluqli bo‘lgan va ruxsat etilgan darajada qat’iyan cheklangan. Masalan, huquqni muhofaza qilish organlari ayrim ma’lumotlarni ko‘ra olsa, tibbiy yoki ijtimoiy xizmatlar esa boshqalarini ko‘ra oladi.
Xavfsizlik nuqtayi nazaridan, egasi haqidagi barcha ma’lumotlar shifrlangan va kartaga yuklab olingan ilovalarni hech kim o‘qiy olmaydi. Qoida bo‘yicha, ID-kartani ishlatishda avtorizatsiya qilish va operatsiyani tasdiqlash uchun individual PIN-kodlar shaklida ikki darajali xavfsizlik tizimi qo‘llaniladi.
O‘zbekistonda pasport tizimining rivojlanishi
O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining birinchi pasporti 1992-yilda joriy qilingan va 18-yil davomida o‘z mavqeyini mustahkam ushlab turdi, ammo yuqori texnologiyalar rivojlanib borishi bilan davlat tuzilmalarining mexanizmlari ham o‘zgardi, natijada eski rusumdagi pasportni yangisiga almashtirish zaruriyati paydo bo‘ldi.
O‘zbekiston Respublikasi biometrik pasporti 2011-yil 5-yanvardan boshlab Prezident Islom Karimovning Farmoniga binoan joriy qilindi, ilgari berilgan hujjat esa 2015-yil 31-dekabrgacha amal qildi, keyinchalik 2018-yil fevralgacha uzaytirildi va 2019-yil 31-dekabrda o‘z vakolatlarini to‘liq yo‘qotdi.
2011 yilda biometrik pasportlar, asosan davlat xizmatchilari va mamlakat tashqarisida bo‘lgan yoki yashayotgan shaxslarga berilgan, 2012-yildan boshlab ular barcha O‘zbekiston fuqarolari olsa bo‘ladigan bo‘ldi. Biometrik ma’lumotlarga ega pasport o‘n yil, o‘n olti yoshga to‘lmagan bo‘lgan bolalar uchun esa besh yil davomida amal qiladi.
2019 yil 1-yanvardan boshlab O‘zbekistonda chet elga chiqish uchun biometrik pasportlarni berilishi boshlandi, bu ikki yil muddatga berilgan ruxsat beruvchi stikerlar atrofidagi vaziyatni ancha soddalashtirdi, bu stikerlar boshqa davlat hududida doimiy yashaydigan fuqarolarga noqulayliklar tug‘dirgan.
Zarur xavfsizlik choralari
Zamonaviy dunyoda ID-kartaga o‘tish shaxs to‘g‘risida ma’lumotni bir vositada saqlash xavfsizlik nuqtayi nazaridan zarur choradir.
Identifikatsion kartalar - bu shaxsiylashtirilgan ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan barcha plastik kartalardir: elektron ruhsatnoma, bank kartasi, haydovchilik guvohnomasi. Bugungi kunda, ko‘plab mamlakatlarda ID-kartalar joriy etilmoqda, ularning ba’zilarida rasmiy hujjatni berish majburiy tartib hisoblanadi, boshqalarida esa bu ixtiyoriydir.
Markaziy Osiyoda ID
Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida, identifikatsion kartalar Qozog‘iston va Qirg‘izistonda joriy qilingan.
Qozog‘istonda yangi namunadagi shaxsni tasdiqlovchi guvoxnoma sifatida chipli smart-karta 2008-yil 26-iyunda joriy etildi va 2014-yil 1-dekabrda u egasining oq-qora fotosuratini ranglisiga almashtirish va golografik ko‘rinishdagi qo‘shimcha xavfsizlik elementini qo‘shilishi bilan kichik o‘zgarishlarga duch keldi. hujjat egasining rasmlari. ID-kartalar 10-yilga mo‘ljallangan va fuqarolarga 16 yoshdan boshlab beriladi.
Qirg‘izistonda identifikatsion kartalar 2004-yil 27-iyuldan joriy qilindi, 2017-yil 1-maydan boshlab esa egasi haqida to‘liq shaxsiy ma’lumotlar, shu jumladan biometrik ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan chip bilan jihozlangan yangi avloddagi eID-kartalari chiqarildi. ID-kartasi 16 yoshga to‘lgan fuqarolarga 10-yil muddatga beriladi.
ID-karta joriy etishda jahon amaliyoti
Fuqarolarning shaxsiy identifikatsion ma’lumotlari: fotosurat, shaxsiy va biometrik ma’lumotlarini o‘z ichiga olgan ID-kartani birinchi bo‘lib joriy etgan davlat Malayziya bo‘ldi.
Malayziya 2001-yil sentabr oyida MSC Malaysia dasturi doirasida sobiq Bosh vazir Mahathir Mohamadning tashabbusi bilan smart-kartalardan foydalanish bo‘yicha loyiha boshlandi. Malayziyada 12 yoshdan oshgan har bir fuqaroga shaxsni tasdiqlovchi hujjat beriladi, bu nafaqat shaxsni tasdiqlovchi guvohnoma, balki haydovchilik guvohnomasi, bank kartasi, ochiq kalit, elektron hamon bo‘lib, ko‘plab sodiqlik dasturlari ilovalarida qo‘llaniladi. 2019-yil iyun oyida Malayziyada Digital ID loyihasi doirasida raqamli identifikatsiya tizimini ishlab chiqish bo‘yicha tender e’lon qilindi.
Singapur Respublikasi 2000-yillarning boshlarida, birinchilardan bo‘lib, shaxsni tasdiqlovchi hujjat va davlat xizmatlarining kalitini o‘zida mujassam etgan elektron pasportni joriy qildi, ammo loyiha hali ham to‘lov vositasi sifatida o‘zining tijoriy rivojlanishini olmadi.
Amerikada identifikatsion karta haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lmaganlar uchun shaxsni tasdiqlovchi hujjatdir. Bir vaqtning o‘zida ikkita hujjatning mavjudligi barcha shtatlarda noqonuniy hisoblanadi. Haydovchilik guvohnomasini olgandan keyin egasi ID-kartani qaytarib berishi kerak. Identifikatsion karta egasi bankda hisob raqami ochishi, ijtimoiy va tibbiy yordam olishi, turmush qurishi, uy sotib olishi, uy hayvonini sotib olishi, dorixonada retsept bo‘yicha dori-darmonlarni olishi, qon donoriga aylanishi va boshqa ko‘p harakatlarni amalga oshirishi mumkin. AQShDa ID-kartani har qanday yoshda shtatning avtotransport vositalarini ro‘yxatga olish Bo‘limiga murojaat qilib olishingiz mumkin. Karta 6 va 10-yil muddatga beriladi.
Yevropa Ittifoqida 2019-yil 1-avgustdan boshlab fuqarolar va rezidentlarga egasi to‘g‘risida to‘liq ma’lumot: shaxsiy ma’lumotlar, identifikatsiya raqami, sertifikatlar va kriptografik kalitlar saqlanadigan chipli milliy ID-kartalar berilmoqda.
Identifikatsion karta Yevropa Ittifoqi bo‘ylab sayohat qilishda va uning tashqi chegaralarini kesib o‘tishda shaxsiy guvohnoma sifatida ishlatiladi. ID-karta 10-yil muddatga, voyaga yetmaganlar uchun - 5-yilgacha, 70 yoshdan oshganlarga - umrbod taqdim etiladi.
Estoniyada identifikatsion smart-karta fuqarolarga 2002-yildan beri beriladi va bu shaxsning birlamchi shaxsiy guvohnomasi bo‘lib, u davlat hududida amal qiladi va Yevropa Ittifoqi tomonidan rasmiy hujjat sifatida tan olingan. Yevropa Ittifoqi hududidan tashqarida sayohat qilish uchun Shveysariya, Islandiya, Norvegiya, Chernogoriya va Makedoniyadan tashqari estoniyaliklar yonida biometrik pasport bo‘lishi kerak. Smart-kartadan davlat xizmatlarida, elektron ovoz berishda, veb-kolonkalarga sharhlarda va virtual yo‘l chiptasi sifatida foydalanish mumkin.
Isroilda identifikatsion karta - bu 16 yoshga to‘lgan barcha fuqarolar tomonidan olinadigan «teudat-zeut” milliy shaxsni tasdiqlovchi hujjatdir. 2013-yilda mamlakatda yanada ishonchli xavfsizlik tizimiga ega bo‘lgan biometrik smart-kartalar sinovi boshlandi, shuning uchun 2017-yil 1-iyundan boshlab biometrik bo‘lmagan shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarni berilishi to‘xtatildi.
Ukraina 2016-yil 1-yanvardan shaxsni tasdiqlash uchun rasmiy hujjat sifatida plastik ID-kartalarni joriy qildi va keyingi besh yil ichida ular ichki qog‘oz pasportlarni to‘liq o‘rnini egallaydi. ID-karta 14 yoshga to‘lgan Ukraina fuqarolariga beriladi. Amal qilish muddati 4-yil va 10-yil.
Rossiyada elektron pasportlar 2023-yildan boshlab, Moskvada esa 2020-yil iyul oyidan boshlab berilishi rejalashtirilgan. Qog‘oz pasportini ID-kartaga almashtirish bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.