TIV chegarada to‘planib qolgan fuqarolar haqida

© Sputnik / Stringer / Mediabankka o‘tishAvtomobili na granitse
Avtomobili na granitse - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
TIV Konsullik departamenti Rossiya - Qozog‘iston chegarasi yaqinida to‘planib qolgan fuqarolar bilan bog‘liq vaziyatni o‘rganmoqda.

TOShKENT, 14-may - Sputnik. Rossiya-Qozog‘iston chegara nazorati punktlari yaqinida to‘planib qolgan O‘zbekiston fuqarolari haqida Tashqi ishlar vazirligining Konsullik-huquqiy departamenti rasmiy izoh berdi

Xabarda aytilishiga ko‘ra, TIV Operativ shtabi vaziyatni ma’lumotni har tomonlama ko‘rib chiqish uchun Respublika maxsus komissiyasiga yuborgan. Shuningdek Bosh konsulxona yurtdoshlarimiz va mahalliy hokimiyat bilan aloqa o‘rnatgan.

Shu bilan birga TIV Respublika Konsullik-huquqiy departamenti chegara yaqinda kutayotgan fuqarolarni maxsus komissiyasi tomonidan tegishli qaror qabul qilguniga qadar tinchikni saqlash, o‘rnatilgan karantin qoidalariga rioya qilishga chaqiradi.

Eslatib o‘tamiz, Rossiyaning Samara viloyatidan chiqish va Orenburg viloyatiga kirishda, “Mashtakovo” nazorat-o‘tkazish punkti yaqinida bir necha yuz nafar O‘zbekiston fuqarolari to‘planishi kuzatilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0