Ozoda Nursaidova Sardobadagi toshqindan jabrlanganlarga 5 ta uy sovg‘a qildi

© Ministerstvo kulturi UzbekistanaDni kulturi Uzbekistana v Tadjikistane
Dni kulturi Uzbekistana v Tadjikistane - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Taniqli xonanda Ozoda Nursaidova Sardoba suv ombori to‘g‘oni o‘pirilishi oqibatida jabrlanganlarga Toshkent viloyatidan 5 ta uy sovg‘a qildi

TOShKENT, 14-may — Sputnik. O‘zbekistonlik taniqli xonanda Ozoda Nursaidova Sardoba suv ombori to‘g‘oni o‘pirilishi oqibatida uyidan ayrilib qolgan 5 ta oilaga Toshkent viloyatidan 5 ta xonadon tuhfa qildi.

Xonandaning so‘zlariga ko‘ra, Sardobadagi falokatdan so‘ng butun xalq jipslashib, jabrlangan aholiga qo‘lidan kelgan yordamini bergan va haligacha berib kelmoqda.

“Biz ham mana shu xayriya aksiyalaridan ta’sirlanib, tadbirkor, saxovatpesha ukam Akbar Anvarov bilan birga o‘zimiz aksiya tashkil qildik. Sardoba falokatidan aziyat chekkan 5 ta oilaga Toshkent viloyatidan uy sovg‘a qilyapmiz. Ya’ni 3 ta uch xonali, ikkita ikki xonali uy”, - dedi u Instagram sahifasiga joylagan videomurojaatida.

Posmotret etu publikatsiyu v Instagram

Publikatsiya ot O Z O D A (@ozodaofficial)

Nursaidovaning ma’lum qilishicha, ushbu uylar vaqtinchalik emas, balki bir umrlik.

“Uylarni hadya qilyapmiz-u, lekin biroz kamchiligi bor. Oilalarning uylarga kelib yashashi uchun texnika, jihozlar kerak bo‘ladi. Masalan, muzlatkich, gilam, televizor va hokazolar. Agar ularga yordam berish istagida bo‘lgan ko‘ngillilar bo‘lsa, biz xursand bo‘lamiz”, — deya savob ishga chorlagan xonanda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq suv toshqinidan jiddiy zarar ko‘rgan Sardoba aholisi uchun ko‘p qavatli uy-joylar qurilishi va xonadonlar beg‘araz ajratilishi xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0