TOShKENT, 14-may — Sputnik. O‘zbekistonda bir sutka ichida ikkinchi zilzila qayd etildi.
FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabariga ko‘ra: 14.05.2020 yil, Toshkent vaqti bilan 21.16 da (14.05.2020 yil, Grinvich bo‘yicha 16.16 da) O‘zbekistonda zilzila sodir bo‘ldi.
Zilzila koordinatalari: 41,26 gradus shimoliy kenglik; 71,57 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=4,3. Chuqurlik 14 km. Zilzila episentridan Toshkentgacha masofa 197 km sharqiy yo‘nalish bo‘yicha.
Zilzila O‘zbekiston hududida:
Namangan: 30 km, 4 ball.
Andijon: 84 km, 3 ball.
Farg‘ona: 99 km, 2 ball.
Eslatib o‘tamiz, 14-may Toshkent vaqti bilan 02.09da Xitoyda zilzila sodir bo‘lgandi. Uning kuchi O‘zbekistonda ham sezildi. Namanganda 2 ball, Andijonda 2 ball, Farg‘onada 2 ball.