“Tolibon” Afg‘oniston hukumatiga qarshi javob qaytarish bilan tahdid qildi

© AP Photos / Allauddin KhanBoyevik dvijeniya "Taliban"
Boyevik dvijeniya Taliban - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“Tolibon”* harakati Afg‘oniston hukumat harbiy bo‘linmalariga qarshi javob berishga tayyor ekanligini ma’lum qildi.

TOShKENT, 13-may — Sputnik. “Tolibon”* radikal harakati Afg‘oniston hukumat harbiy bo‘linmalariga qarshi javob berishga tayyor ekanligini ma’lum qildi. Bu haqda harakatning vakili Zabixullo Mujohid bayonotida aytilgan.

Chleni terroristicheskogo dvijeniya Taliban v Afganistane - Sputnik O‘zbekiston
Qobulning sabri tugadi: "Tolibon"ga urush e’lon qilindi

Bundan avval TOLO News telekanali Afg‘onistondagi ikkita teraktdan so‘ng, prezident Ashraf G‘ani mamlakatning barcha xavfsizlik kuchlariga Tolibonga qarshi "hujumkor" kurash usuliga o‘tish haqida topshiriq bergandi.

"Bundan buyon zo‘ravonlikning yanada kuchayishi va uning oqibatlari uchun javobgarlik Kobul ma’muriyatining zimmasiga tushadi, chunki “Islomiy Amirlik” har qanday vaziyatga tayyor. “Islomiy Amirlik”ning harbiy kuchlari barcha dushman harakatlariga va hujumlariga qarshi turishga va o‘z odamlari va jabhalarini ishonchli himoya qilishga to‘liq tayyor," - dedi Mujohid o‘z bayonotida.

Shuningdek, u “Tolibon” ID* terrorchilari tomonidan Kobul va Nangarharda sodir etilgan hujumlarni keskin qoralashi va ID*ga qarshi ko‘plab operatsiyalarni amalga oshirganini ta’kidladi.

"Biz o‘z maqsadimizga sodiqmiz va kelishuvga muvofiq choralar ko‘rmoqdamiz. Ammo, afsuski, qarshi tomon (Afg‘oniston hukumati) o‘z majburiyatlarini bajara olmadi. Mahbuslar qo‘yib yuborilishi, ichki afg‘on muzokaralari boshlanishi kerak edi, ehtimol, vaziyat kuchli o‘zgarishi mumkin edi", - deya qo‘shimcha qildi u.

Seshanba kuni Afg‘onistonda ikkita terakt sodir etildi, o‘nlab odamlar halok bo‘ldi. Afg‘oniston poytaxti Kobul shahridagi kasalxonaga kirish qismi xudkush terrorchi portlash sodir etdi, shundan so‘ng jangarilar kasalxona binosiga bostirib kelishdi. Tibbiy xodimlarning faqat bir qismi binoni tark etishga muvaffaq bo‘lishdi. Kobuldagi shifoxonaga qilingan hujum oqibatida kamida 13 kishi o‘lgan, yana 15 kishi jarohatlangan.

Kasalxonaga qilingan hujumdan tashqari, Nangarhar viloyati tumanlaridan birining politsiyasi rahbarining dafn etish marosimida terakt sodir etildi. Viloyat gubernatorining vakili Atoll Xogiyani portlash oqibatida 24 kishi halok bo‘lganini, 68 kishi yaralanganini aytdi.

Hujum uchun javobgarlikni ID* terrorchilik guruhi o‘z zimmasiga olgan.

Fevral oyining oxirida, Qatarda bo‘lib o‘tgan tadbirda AQSh va “Tolibon”* 18-yildan ortiq davom etgan urushda birinchi tinchlik bitimini imzoladi. Bitimda 14 oy mobaynida chet el qo‘shinlarini Afg‘onistondan olib chiqib ketish, mart oyida mahbuslar almashinuvi bitimidan so‘ng afg‘onlararo muloqotni boshlash ko‘zda tutildi.

* Rossiyada taqiqlangan terrorchilik tashkiloti

Yangiliklar lentasi
0