O‘zbekistonda koronavirus: 13-may asosiy xabarlari

© Sputnik / Vitaliy Ankov / Mediabankka o‘tishObsledovanie na koronavirus
Obsledovanie na koronavirus - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda koronavirusdan to‘liq tuzalganlar soni 2055 nafarga yetdi. Davolanish ko‘rsatkichi 79 foizga yetdi.

TOShKENT, 13-may — Sputnik. O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 2596  nafarni tashkil qilmoqda.

Na ulitsax goroda Maseru, stolisi Korolevstva Lesoto. - Sputnik O‘zbekiston
Koronavirus yana bir davlatga kirib bordi

Bugun kun davomida qayd etilgan 49 nafar yangidan kasallanish holatlarining 22 nafari xorijdan kelib, karantinga olingan, qolgan 27 nafari ham oldindan karantin muassasalarida kuzatuvda bo‘lgan fuqarolar orasidan aniqlandi.

Tuzalish dinamikasi

O‘zbekistonda koronavirusdan to‘liq tuzalganlar soni 2055 nafarga yetdi. Davolanish ko‘rsatkichi 79 foizga yetdi.

Bugunning o‘zida Samarqand (9), Farg‘ona (6) viloyatlarida koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatildi. 531 bemor shifoxonalarda davolanmoqda.

Rossiyadagi vatandoshlarga yordam

Rossiyada COVID-19 virusi pandemiyasi sababli joriy qilingan karantin va cheklov choralari tufayli og‘ir vaziyatga tushib qolgan O‘zbekiston fuqarolariga bir marta beriladigan moddiy yordam berishni boshlaydi.

O‘zbekistonning Moskva shahridagi elchixonasi va Rossiya hududlaridagi Bosh konsulxonalari Elchixona ochgan xayriya hisob raqamiga kelib tushgan mablag‘lar hisobidan moddiy yordam - nogironlar qaramog‘ida 2 yoshgacha farzandi bo‘lgan hamda homilasi 7 oylikdan oshgan ayollar, COVID-19 virusi tasdiqlangan shaxslar hamda Rossiya oliy o‘quv yurtlari kunduzgi bo‘limlarida tahsil olayotgan talabalarga beriladi.

Mashina skoroy meditsinskoy pomoshi - Sputnik O‘zbekiston
Samarqandda 34 kishiga virus yuqtirgan shifokor ustidan jinoyat ishi ochildi

Mazkur yordam Rossiyada belgilangan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoridan kelib chiqqan holda bir martalik pul mablag‘ini to‘lab berish shaklida amalga oshiriladi.

Moliyaviy yordamni olish uchun “Mehr” portali orqali murojaat yuborish lozim.

Charter reys

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘iga binoan, 8-12-may kunlari Dubay, Minsk, Seul, Dehli, Frankfurt va Moskva shaharlaridan 1243 nafar o‘zbekistonlik vatanga charter reyslarida qaytarildi.

24 mayga qadar fuqarolarni xorijdan (Turkiya, Rossiya, Malayziya, Singapur, Hindiston, Buyuk Britaniya, BAA) olib kelish bo‘yicha charter reylar jadvali yangilandi.

Vatanga keksa, kasal, homilador fuqarolar va bolali ayollar birinchi galda qaytariladi.

O‘zbekistonga qaytgan barcha fuqarolar 14 kundan kam bo‘lmagan muddatga karantin markaziga joylashtiriladi.

Tojikistonga ko‘mak

UzAuto Motors Tojikistonga tez yordam avtomobillarini yubordi. Maxsus tez tibbiy yordam parkini kengaytirish va pandemiya vaqtida bemorlarga o‘z vaqtida yordam ko‘rsatish uchun Tojikistonga Damas avtomobili negizida tez yordam avtomobillari yuborildi. Har bir transport vositasi tibbiy xodimlar uchun qo‘shimcha shaxsiy himoya vositalari bilan ta’minlangan.

Dunyo va COVID-19

COVID-19 dunyoning 180 dan ortiq davlatga yetib bordi. BSSTning so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda yangi koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan kishilarning soni 4,3 milliondan oshdi, 292 ming kishi vafot etdi.

Yangiliklar lentasi
0