O‘zbekistonda suv omborini to‘ldirish va bo‘shatish uchun dastur ishlab chiqildi

© Sputnik / A. Gorachev / Mediabankka o‘tishGolovnoe soorujenie Farxadskoy gidroelektrostansii (GES).
Golovnoe soorujenie Farxadskoy gidroelektrostansii (GES). - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Dastur suv sathining maksimal meyordan oshmasligini ta’minlaydi va suv omborining ish rejimini yuqori aniqlik bilan boshqaradi. 

TOShKENT, 12-may - Sputnik. Intellektual mulk agentligida suv omborlari uchun dasturiy ta’minot ro‘yxatdan o‘tkazildi, deb xabar bermoqda Toshkent shahar hokimligi.

Sardoba - Sputnik O‘zbekiston
Sardoba raqamlarda

"Inshootning mustahkamligiga tahdid soluvchi avariyaviy vaziyatlarni aniqlash bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijasida suv omborini to‘ldirish va bo‘shatish uchun dastur ishlab chiqildi", - deyiladi xabarda. 

Dastur suv sathining maksimal meyordan oshmasligini ta’minlaydi va suv omborining ish rejimini yuqori aniqlik bilan boshqaradi. 

Dastur mualliflari – Furqat G‘affarov, Azamat Ismoilov, Adham Boymurodov va Anvar Hurramovlarga O‘zbekistonning "Elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturlar va ma’lumotlar bazalarining huquqiy himoyasi to‘g‘risida" gi Qonuniga muvofiq, DGU 07858-sonli guvohnoma berildi.

Yangiliklar lentasi
0