O‘zbekistonda elektron pullardan foydalanish tartibi belgilandi - MB

© Sputnik / Maksim Blinov / Mediabankka o‘tishQR kod
QR kod - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Elektron pullar - to‘lovlarni amalga oshirishda moliyaviy institutlarning vositachiligini talab etmaydigan, innovatsion to‘lov vositasidir.

TOShKENT, 12-may - Sputnik. O‘zbekistonda elektron pullarni chiqarish, ulardan foydalanish va qoplash tartibini belgilovchi qonun qabul qilindi, deb habar qildi Markaziy bank.

“To‘lovlar va to‘lov tizimlari to‘g‘risida”gi qonuni asosida “O‘zbekiston Respublikasi hududida elektron pullarni chiqarilishi va muomalada bo‘lishi qoidalari” ishlab chiqilib, Adliya vazirligida 2020-yil 29-aprelda 3231-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi, - deyilgan xabarda.

Mazkur hujjat jahon tajribasiga tayangan holda, elektron pullar tizimi faoliyatini tashkil etish, elektron pullar muomalasi, elektron pullar tizimida risklarni boshqarish hamda tizimda xavfsizlikni ta’minlash maqsadida ishlab chiqildi.

Unda elektron pullar tizimiga oid asosiy tushunchalar, shu jumladan, “ayirboshlash operatsiyasi”, “bir va ko‘p emitentli elektron pullar tizimi”, “oldindan to‘langan karta”, “elektron pullar tizimining agenti”, “elektron hamon” va sohaga oid boshqa terminlarga batafsil tushuntirishlar berilgan.

O‘zbekistonda elektron pullarni chiqarilishi va muomalada bo‘lishi qoidalarining ayrim jihatlari:

  • Elektron pullar - elektron hamon shaklida yoki oldindan to‘langan karta (prepaid card) ko‘rinishida emitent, operator yoki elektron pullar tizimining agenti tomonidan foydalanuvchiga beriladi;
  • O‘zbekiston hududida emitent tomonidan chiqariladigan elektron pullar faqat milliy valyuta - so‘mda nominallashtirilgan bo‘lishi shart;
  • O‘zbekiston hududida realizatsiya qilingan tovarlar, ishlar va xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirishda faqat Respublika hududida chiqarilgan elektron pullar qabul qilinadi;
  • xorijiy emitent tomonidan chiqarilgan, chet el valyutasida nominallashtirilgan elektron pullarni ayirboshlash operatsiyalari mazkur subyekt bilan shartnomasi mavjud bo‘lgan o‘zbekistonlik emitent tomonidan amalga oshirilishi mumkin;

O‘zbekistonda, elektron pullar tizimining yaratilishi hisob-kitoblarni amalga oshirishda zamonaviy IT va texnologik yechimlarga asoslangan holda to‘lovlarni tezkor va qulay usulda amalga oshirish imkonini beradi. Shuningdek mahalliy elektron pul tizimlarining xorijiy elektron pul tizimlariga integratsiya qilinishiga shart-sharoit yaratiladi, - deyilgan Markaziy bank xabarida.

Bugungi kunda dunyoda eng keng tarqalgan elektron pullar tizimlari bu: WebMoney, PayPal, ApplePay, SamsungPay va boshqalar. Rossiyada eng ommaviy elektron pullar bu Sberbank Onl@yn, YandeksDengi, QIWI va boshqalar. 

Yangiliklar lentasi
0