TOShKENT, 10-may — Sputnik. O‘zbekistonda yana 38 kishining koronavirusga topshirgan testi musbat chiqdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar qilmoqda.
“2020 yil 10-may soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 2387 nafarni tashkil qilmoqda”, - deyilgan xabarda.
Mamlakatning qator viloyatlarda koronavirus bilan kasalanngan bemorlar kundan kunga davolanib chiqmoqda. Hozirga kelib 1846 kishi kasallikni yengishga muvaffaq bo‘lgan. Davolanish ko‘rsatkichi qariyb 80 foizga yetdi. Kuni kecha bundan avval koronavirusdan xoli xudud hisoblangan Navoiy viloyatida oltita holat qayd etilgan edi.