O‘zbekistonda Sotsial turizm assotsiatsiyasi tashkil etildi

© Sputnik / StringerRegistan v Samarkande
Registan v Samarkande - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sotsial turizm assotsiatsiyasi sayyohlarning barcha toifalarini qamrab olish va ular uchun munosib sharoitlar yaratish maqsadida tashkil qilingan.

TOShKENT, 10-may — Sputnik. Sayyohlarning barcha toifalarini qamrab olish va ular uchun munosib sharoitlar yaratish maqsadida O‘zbekiston sotsial turizm assotsiatsiyasi tashkil etildi. Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati xabar qildi.

Yangi assotsiatsiyaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

  • imkoniyati cheklangan yurtdoshlarimiz va ehtiyojmand oilalar farzandlari uchun xayriya aksiyalarini o‘tkazish;
  • imkoniyati cheklangan shaxslar sayohat qilishlari uchun sharoitlar yaratishga ko‘maklashish;
  • sotsial turizm sohasida davlat dasturlari, normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa qarorlar loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etish hamda jamoatchilik nazoratini amalga oshirish;
  • inklyuziv turizmni rivojlantirish doirasida bolalar, yoshlar, uchinchi yosh toifa vakillari, shuningdek, nogironligi bo‘lgan kishilar uchun turizm hamda ekskursiyalarni tashkil etishga ko‘maklashish.

Assotsiatsiya O‘zbekistonda turizm sohasini rivojlantirishga hissa qo‘shish istagidagi jismoniy shaxslarni birlashtirish va ularning sa’y-harakatlarini sotsial turizmni rivojlantirishga yo‘naltirish, jumladan bolalar, yoshlar, keksalar, shuningdek, nogironligi bo‘lgan fuqarolarning sayohatlarini tashkil etishga ko‘maklashadi. Shu bilan birga, inklyuziv turizmni rivojlantirish borasida xorijiy turdosh uyushmalar bilan hamkorlik aloqalarni o‘rnatadi.

Sotsial turizm assotsiatsiyasi kengashi raisi etib Izatillo Xo‘jayev tayinlandi. U avvalroq Sharqshunoslik instituti, O‘zMTDP Toshkent viloyati Kengashi, O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqida faoliyat yuritgan.

Yangiliklar lentasi
0